LUGʻAT

LUGʻAT — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. L. lar maʼnaviy madaniyat sohasida muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bi-limlari aks etadi. Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtirada; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lugʻatlar juda kadim davrlarda pay-do boʻlgan (q. Leksikografiya); hoz. davrda maʼlumotaxborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir kancha farqli xususiyatlariga koʻra, Lugʻatlarni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin. Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik Lugʻat larning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik Lugʻatlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtayi nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi: 1. Soʻzlarning maʼnolari, qullanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini koʻrsatib beruvchi izohli lugʻat (S. I. Ojegov. Tolkovыy slovar russkogo yazыka, 20-ye izd., M., 1988; Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1—2-j. lar, M., 1982). 2. Muayyan tilga uzlashgan, lekin oʻzlashmaligi sezilib turgan boshqa til soʻz va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy s u z lar Lugʻati (Slovar inostrannыx slov, 18-ye izd., M., 1989; O. Usmon, R. Doni-yorov. Ruscha-internatsional soʻzlar izohli lugʻati, T., 1965). 3. Bir tilga oid lugʻaviy birliklarni boshqa tilga oʻgirib izohlab beruvchi tarjima L. lari — oʻzbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan maʼlum lugʻat turi, 19-a. gacha arab-oʻzbek, fors-oʻzbek, turk-oʻzbek ikki tilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima Lugʻatlari mavjud bulgan bulsa, 20-a. da ular katoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, is-pan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli Lugʻatlar ham qoʻshildi [Nemischa-oʻzbekcha lugʻat, 1964; Oʻzbekcha-nemischa lugʻat, 1967; Fransuzchaoʻzbekcha lugʻat, 1973; Inglizcha-oʻzbekcha lugʻat, 1968; Oʻzbekcha-inglizcha lugʻat, 1969; Arabcha-oʻzbekcha lugʻat 1986; Oʻzbekcha-forscha lugʻat, 1984; Ruschaoʻzbekcha mukammal lugʻat (A. Zohiriy, 1927), 1 j. li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat, M., 1954; 5 j. li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat; 1950 — 55; 1 j. li Oʻzbekcha-ruschalugʻat(M. 1959; T., 1988); 2 j. li Ruscha-oʻzbekcha lugʻat, 1983—84 va b. ]. 4. Soʻzlarning qachondan boshlab shu tilda qoʻllana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi tarixiy Lugʻat (oʻzbek tilida haqiqiy maʼnodagi tarixiy Lugʻat tuzilmagan, lekin E. Fozilovning «Starouzbekskiy yazыk: Xorezmskiye pamyatniki XIV veka» (ch. 1-2, T., 1966, 1971) asarini maʼlum maʼnoda tarixiy Lugʻat deyish mumkin). 5. Tilning laxja va shevalariga xos boʻlgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi soʻzlardan farq qiladigan soʻzlarni koʻrsatuvchi dialektal (sheva) L. lar (Oʻzbek xalq shevalari lugʻati, 1971). 6. Soʻzning kelib chiqishini koʻrsatib beruvchi etimologik Lugʻatlar (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati, 2000). 7. Bir oilaga mansub tillardagi soʻz boyligini solishtirib, ulardagi tafovut qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida tuziluvchi qiyosiy Lugʻatlar (L. Budagov. Sravnitelnыy slovar turesko-tatarskix narechiy, ch. 1—2, S.-Pb., 1869; V. V. Radlov. Opыt slovarya tyurs-kix narechiy: 1—4. S—Pb., 1888—1911). 8. Soʻzlarning mavjud imlo qoidalariga binoan toʻgʻri yozilish shakllarini qayd etuvchi imlo Lugʻati (1929-y. dan hozirgacha oʻzbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lugʻati tuzilgan; 6500 soʻz va soʻz shaklini kamrab olgan eng mukammal imlo lugʻati 1975-y. nashr etilgan). 9. Soʻzlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan talaffuz (orfoepik) Lugʻati (Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati — M. Sodiqova, Oʻ. Usmonova, 1977; Oʻzbek adabiy talaffuzi lugʻati, 1984; 10. Soʻzlarning morfem tuzilishini koʻrsatuvchi morfem Lugʻat (A. Gʻulomov va b. Oʻzbek tilining morfem lugʻati, 1977). 11. Soʻzligi frazeologik birliklardan iborat boʻlgan frazeologik Lugʻat (M. Sodiqova. Ruscha-oʻzbekcha frazeologik lugʻat, 1972; Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati 1978). 12. Soʻzlarning qoʻllanish mikdori va foizi haqida maʼlu-motberuvchi chastotali Lugʻat (I. A. Kissen. Slovar naiboleye upotrebitelnыx slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazыka, 1972). 13. Soʻzlar teskari tomondan boʻlgan alifbo tartibiga kura joylashtirilgan ters (chappa) Lugʻat (R. Qoʻngʻurov va A. Tixonov. Oʻzbek tilining chappa lugʻati, 1968). 14. Soʻzlikni tarkib toptiruvchi soʻzlar roʻyxati maʼlum mavzularga boʻlib beriladigan tematik (mavzuli) Lugʻat (A. Tixonov va b. Russko-uzbekskiy tematicheskiy slovar, 1975). 15. Soʻzliklari omonim, sinonim, antonim, paronim singari lugʻaviy birliklardan iborat boʻlgan omonimlar L. i, sinonimlar L. i, antonimlar L. i, paronimlar L. i (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lugati, 1984; A. Hojiyev.

Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati, 1974; Sh. Rahmatullayev va b. Oʻzbek tili antonimlarining izohli lugʻati, 1980; A. Maʼrufov. Paronimlar lugʻati, 1974). 16. Soʻzligi atoqli otlar yoqi joy nomlaridan iborat boʻlgan antroponimik va toponimik Lugʻatlar (E. Begmatov. Oʻzbek ismlari, 1991; E. Begmatov. Oʻzbek ismlari maʼnosi. 14600 ism izohi, 1998; 3. Doʻsimov va X. Egamov. Joy nomlarining izohli lugʻati, 1977). 17. Maʼlum bir yozuvchi yoki asar tilida qoʻllangan soʻzlarni izohlovchi. Lugʻat (Navoiy asarlari lugʻati, 1972; Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 1 — 4-j. lar, 1983—84; B. Hasanov, «Qurʼoni Karim» soʻzlarining arabcha-oʻzbekcha koʻrsatkichli lugʻati, 1995). 18. Soʻzligi maʼlum bir fan va texnika tarmogʻi, ijtimoiy yoki xoʻjalik hayotining biror sohasiga oid soʻz-terminlardan iborat boʻladigan terminologik Lugʻat lar. Bunday Lugʻatlar soʻzlikning berilishi va izohlanishiga koʻra, ensiklopedik Lugʻat bilan lingvistik Lugʻat belgilariga ega boʻladi (1925-y. dan hozirgi kungacha Uzbekistonda 50 dan ortiq soha boʻyicha 140 taga yaqin terminologik lugʻat nashr etilgan; ular soha ter-minologiyalarini tartibga solishga xizmat qiladi).

Lugʻat turlari yukrridagilar bilan chegara-lanmaydi. Yuqorida, asosan, oʻzbek lugʻatchiligida mavjud boʻlgan va amalda foydalanib kelinayotgan Lugʻat turlarigina koʻrsatildi. Bu narsa Lugʻat larpish vazifa doirasi naqadar kenglshini va ularning oʻta muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.

Ad.: Hozirgi oʻzbek adabiy tili, T., 1980; Oʻzbek tili leksikologiyasi, T., 1981; Axmanova O. S, Slovar lingvisticheskix terminov, M., 1969; Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar, M., 1990. Abduvahob Madvaliyev.


Lotin alifbosida maqola: LUGʻAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LEKSIKOGRAFIYA
TOSHKENT
BERUNIY
FRANSIYA
FOROBIY


Добавить комментарий