LYUKSEMBURG

LYUKSEMBURG (Luxembourg, Luxemburg) , Lyuksemburg Buyuk Gersogligi (Grand-Duche de Luxembourd, Grossherzogtum Luxemburg) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Mayd. 2586 km2. Aholisi 443 ming kishi (2001). Poytaxti — Lyuksemburg sh. Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga, okruglar kantonlarga, kantonlar kommu-nalarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Lyuksemburg — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868-y. 17 okt. da kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956-y. larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Gersog (2000-y. dan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Gersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. L . da Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Gersog tomonidan umrbod tayinlanadi.

Tabiati. Mamlakat hududining koʻp qismi tepaliklar uchrab turadigan 300— 400 m balandlikdagi tekisliklardan iborat. Shim. da Ardenna va Reyn Slanesli togʻlarining tarmoqlari (bal. 400— 500 m) joylashgan. Temir ruda, slanes, ohaktosh konlari bor. Iqlimi moʻtadil, yumshoq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0 dan 2° gacha, iyulniki 17° atro-fida. Yillik yogʻin 700—800 mm. Daryolari zich, sertarmoq, asosiy daryosi — Mozel. Tuprogi aksar qismida qoʻngʻir oʻrmon va chimli podzol tuproq. L. hududining 1/3 qismi (asosan, shim.) oʻrmon.

Aholisining 71% lyuksemburglar 29% chet elliklar (italyanlar, nemislar, fransuzlar va b.). Rasmiy tillari — nemis, fransuz tillari va Lyuksemburg shevasi (fransik moze-lan), bu sheva 1982-y. avg. dagi qonunga binoan, milliy til maqomini olgan. Dindorlarning aksari katoliklar (95% dan ortiq), protestant, yahudiylar ham bor. Adolisining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Lyuksemburg, Esh.

Tarixi. Mil. boshlarida Lyuksemburg hududi Rim imperiyasi, mil. 6—7-a. larda Franklar davlati tarkibiga kirgan. 963-y. dan graflik, 1354-y. dan gersoglik, Lyuksemburg qalʼasi uning markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Lyuksemburg hududi Ispaniyaga, soʻng Avstriya va Fransiyaga tobe boʻlgan. 1814—15 y. Vena kongressi qarori bilan rasman mustaqil davlat — L. Buyuk gersogligi tuzilgan, uni 1890-y. gacha Niderlandiya qiroli boshqargan. Lyuksemburgning hoz. chegaralari 1839-y. Belgiya-Niderlandiya shartnomasi asosida belgilangan (bu sana L. mustaqilligi yili sifatida bayram qilinadi). 1867-y. London konferensiyasida Lyuksemburg «abadiy betaraf» davlat deb eʼlon qilindi. 1890-y. da L. Niderlandiya boshkaruvidan qutulib, toʻla mustaqillikka erishdi. 1921-y. dan Belgiya bilan iqtisodiy, jumladan, bojxona ittifoqi-da. 1 – va 2-jahon urushlari vaqtida Germaniya L. betarafligini buzib, uning hududini bosib oldi. 1945-y. fev. da Lyuksemburg hududi Amerika-Angliya qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1948-y. da Lyuksemburg konstitutsiyasidan Lyuksemburgning betarafligi haqidagi modda chiqarib tashlandi. Lyuksemburg —1945-y. dan BMT aʼzosi. 1991-y. 31 dek. da OʻzR suverenitetini tan oldi va 1992-y. 10-iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 23 iyun — Buyuk Gersog tugilgan kun (1921).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Koʻkatparvarlar alternativ partiyasi, 1983-y. tuzilgan; Xristian-sotsial partiya, 19-a. ning 70-y. larida tashkil topgan; L. sotsialistik ishchi partiyasi, 1902-y. da asos solingan; L. demokratik partiyasi, 1946—47 y. larda vujudga kelgan; Koʻkatparvarlarning ekologik tashabbus roʻyxati partiyasi, 1989-y. da tuzilgan: L. Kommunistik partiyasi, 1921-y. da asos solingan; Demokratiya va pensiya tengligi uchun harakat qoʻmitasi, 1989-y. da tuzilgan. Lyuksemburg umummehnat konfederatsiyasi 1919-y. da tashkil topgan; L. xristian kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1921-y. da tuzilgan; L. kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasi, 1978-y. tashkil etilgan.

Xoʻjaligi. Lyuksemburg — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,6%, q. x. ulushi 1,4%. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: qora metallurgiya, kimyo, koʻnchilik, sement, fayans, yogochsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati. Yiliga 1,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Lyuksemburg aholi jon boshiga choʻyan va poʻlat i. ch. da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Metallurgiya sanoati uchun kerakli koʻmir va koks Germaniyadan, temir rudaning koʻp qismi Fransiyadan oli-nadi. Asosiy metallurgiya k-tlari Lyuksemburg sh. va temir konlari at-rofida joylashgan. Domna shlakidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Lyuksemburg (atroflari), Differdanj, Esh, Dyu-delanj sh. lari. Q. x. da foydalaniladigan yerlar maydoni 135 ming ga ga yaqin.

Kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻp. Mexanizatsiya va rentabellik darajasi juda yuqori. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, javdar), kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Daryo vodiylarida bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Q. x. ga yaroqli yerlarning 50% ga yaqini oʻtloqdan iborat. Chorvachilikda jami q. x. mahsulotining 80% hosil qilinadi. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Lyuksemburg hududidan xalqaro t. y. va avtomobil yoʻllari oʻtadi. T. y. uzunligi — 275 km va avtomobil yoʻllar uz. — 5 ming km. Aviatsiya transporta rivojlangan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 90% ga yaqini chetga chiqariladi. Chetdan mashina va uskuna, mineral xom ashyo, gazlama, neft xamda oziq-ovqat mahsulotlari va b. keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamla-katlari. Lyuksemburg — Gʻarbiy Yevropaning mo-liyaviy markazlaridan biri. Bu yerda koʻpgina bank va kompaniyalarning idoralari joylashgan. Pul birligi — Lyuksemburg franki; Belgiya franki ham teng muomalada.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Lyuksemburgda 6—15 yoshdagi bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangich majburiy maktabda oʻqish muddati —8—9 y., oʻrta maktabda (pulli) —6—7 y., zamonaviy litseyda — 6 y., klassik litseyda — 7 y. L. da oliy oʻquv yurtlari yoʻq. 1969-y. da xorijiy un-tlarga borib oʻqishga tayyorlovchi un-t markazi ochilgan. 1973-y. da barpo etilgan Mehnat unti toʻla maxsus maʼlumot bermaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Ilmiy muassasalari: Tabiatshunoslar jamiyati (1872), bakteriologiya lab., tibbiy tadqiqot kolleji (1818), Buyuk Gersog inti (tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, tilshunoslik, adabiyot va sanʼat, ijtimoiy fanlar seksiyalari bor) va b. Lyuksemburg sh. da Milliy kutubxona (1798), Milliy muzey va rasmlar koʻrgazmasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va tslekoʻrsatuvi. Lyuksemburgda bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Asosiylari: «Lyuksemburger vort», «Vua dyu Lyuksemburg». («Lyuksemburg ovozi», nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1848-y. dan), «Tageblatsaytung fir Letseburg» («Lyuksemburg kundalik varaqagazetasi», nemis va fransuz tillarida chikadigan kundalik gaz., 1912-y. dan), «Letseburger jurnal» («Lyuksemburg gazetasi», nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1880-y. dan), «Repyubliken lorren» («Lotaringiya respublikachisi», fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1961-y. dan), «Saytung fum letseburger follek» («Lyuksemburg xalqi gazetasi», nemis tilidagi kundalik gaz., 1946-y. dan), «Sotsiale fortshret» («Ijtimoiy taraqqiyot», nemis tilida 2 haftada bir marta chiqadigan jur., 1920-y. dan), «Eko de lʻ endyustri» («Sanoat aks sadosi», fransuz tilidagi oylik jur., 1920-y. dan), «OGB-L—aktyuel/aktyualite» (L. kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasining nemis, fransuz tillarida va Lyuksemburg shevasida chiqadigan haftanomasi, 1919-y. dan). Radio — Tele Lyuksemburg xususiy kompaniyasi, 1931-y. da tuzilgan; u «Kompani lyuksemburjuaz de telediffyuzyon»ning bosh kompaniyasidir.

Meʼmorligi. Lyuksemburg hududidan ibtidoiy madaniyat yodgorliklari (dolmenlar, toshdan yasalgan hashamatli maqbaralar, sopol idishlar), keltlarning badiiy hunarmandchilik buyumlari, Rim hukmronligi davriga oid hammom, qoʻshin qarorgoxlari, minoralar, qabariq tasvirlar, naqshlar topilgan. Ilk oʻrta asrlarda Vianden qalʼasining roman uslubidagi ibodatxonasi, Externax monastiri va bazilika turida Sankt-Villibrordus cherkovi qurilgan. Shu davrga mansub koʻpdankoʻp qasr va qalʼalarning xarobalari, ayniqsa, Ardenna togʻi etaklarida koʻplab saqlanib qolgan. 16-a. 2-yarmidagi ayrim inshootlarda Uygʻonish davriga xos haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan belgilar (Lyuksemburg sh. dagi ratusha, hoz. gersog saroyi) paydo boʻldi, 17-a. da barokko uslubida Vitranj, Vils va b. qasrlar qurildi. 17-a. 2-yarmida qasrlarning strategik ahamiyati yoʻqolib, ular zodagonlarning xususiy qarorgoxlariga aylandi. Katta va kichik yangi qasrlar qurildi, eskilari taʼmirlandi, hashamdor qilib bezatildi. 19-a. da klassitsizm, 20-a. boshlarida eklektika yoyiddi. Zamonaviy meʼmorlik namunalaridan Radio uyi, Milliy teatr, Esh va Dyudelanj yaqinidagi turar joylarni, Mershdagi kimyo z-di binosini koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati. 8 — 10-a. larda miniatyura vujudga keldi. Jumladan, Externax miniatyura maktabi shuhrat qozondi. 14—16-a. larda cherkovlar guzal rasmlar bilan bezatildi, haykaltaroshlik rivojlandi. 18-a. ning 2-yarmida bezakli amaliy sanʼat (fayans, mebel, metall buyumlar yasash) ravnaq topdi. 19-a. sanʼatida (J. B. Freze, M. Kirsh kabi rassomlar asarlarida) fransuz maktabining taʼsiri seziladi. 1-jahon urushidan keyin fransuz fovizmi va nemis ekspressionizmi urf boʻldi. Mashhur moʻyqalam sohibi Y. Kutter ijodi bunga misol boʻla oladi. Uning asarlarida xoʻrlangan nochor kishilar taqdiriga achinish tuygʻusi aks etgan. Rassomlar V. Kesseler, J. Probst, M. Xofman va b. A. Matiss, P. Pikasso yoʻlidan bordilar, haykalta-rosh L. Verkolye abstrakt kompozitsi-yalar yaratdi.

Oʻzbekiston — L. munosabatlari. 1996-y. Italiyaning Florensiya sh. da tuzilgan «Oʻzbekiston Respublikasi b-n Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik haqida bitim» Oʻzbekiston bilan Lyuksemburgning savdo-iqtisodiy munosabatlari uchun ham huquqiy negiz yaratdi. 1997-y. iyulda Lyuksemburgda ikkala davlat oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq toʻlashdan boʻyin tovlanishining oldini olish qaqida konvensiya imzolandi. 1998-y. apr. da Oʻzbekiston bilan Belgiya—L. Iqtisodiy Ittifoqi oʻrtasida inve-stitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimga imzo qoʻyildi.

OʻzR bilan Lyuksemburg oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000-y. da 0,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. OʻzRda Lyuksemburgning transport xizmati koʻrsatuvchi «Astros S. A.» firmasining vakolatxonasi mavjud.


Lotin alifbosida maqola: LYUKSEMBURG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты