KOAGULYATSIYA

KOAGULYATSIYA (lot. coagulum — quyqa, coagulatio — ivish, quyuqlanish) — dispers, ayniqsa, kolloid sistemalarda zarrachalarning oʻzaro birlashib yiriklashgan agregatlar hosil qilishi. Koagulyatsiya oxirigacha borsa, loyqa hosil boʻlib, agregatlar choʻkadi yoki yuqori qatlam hosil qiladi. Kolloid sistema tiniklashadi. Ayrim holda Koagulyatsiya natijasida gʻovak fazaviy butun sistema boʻyicha tarqalgan koagulyatsion (gel) struktura hosil qiladi. Koagulyatsiya natijasida sistemaning rangi oʻzgaradi yoki u loyqalanadi. Koagulyatsiyaga adsorbsion kuchlar (minimumga intilish) sabab boʻladi. Elektrostatik kuchlar (bir xil zaryadlangan zarrachalarning birbiridan itarilishi) esa unga qarshilik qiladi. Koagulyatsiya dispers sistemaning termodinamik beqarorligini namoyish etishidir. Koagulyatsiya 2 bosqichda sodir boʻladi:

1) agregativ barqarorlikning yoʻqolishi va zarrachalarning birlashishi (ya sh i r i n K.); 2) hosil boʻlgan zarrachalar agregatlarining choʻkishi (yoki qalqib yuzaga chiqishi) — o ch i q K. Agar Koagulyatsiya oʻz-oʻzidan sodir boʻlsa, avtokoagulyatsiya deyiladi. Odatda, Koagulyatsiya fizik yoki kimyoviy taʼsir natijasida roʻy beradi: elektrolitlar va noelektrolitlar elektr maydoni, harorat, yorugʻlik, yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari, keskin siljitish yoki aralashtirish, dispers muhitning oʻzgarishi va b. K. ga sabab boʻlishi mumkin. Elektrolitlar taʼsirida Koagulyatsiya sodir boʻlishi borasida bir nechta qoidalar mavjud;

1) elektrolitning Koagulyatsiyaga sabab boʻladigan minimal konsentratsiyasi — K. chegarasi. U loyqalanishning choʻkma hosil boʻlishi yoki rang oʻzgarishining boshlanishi bilan aniqlanadi;

2) kolloid zarracha zaryadiga qarama-qarshi zaryad saqlovchi elektrolit ioni Koagulyatsiyaga sabab boʻlishi mumkin; zaryadi qancha yuqori boʻlsa, uning koagulyatsion qobiliyati shuncha koʻp boʻladi (Shulse — Gardi qonuni);

3) organik ionlarda ularning adsorbsiyalanish qobiliyati ortishi bilan Koagulyatsiya hodisasi kuchayadi.

Koagulyatsiya hodisasi tabiatda va turmushda keng tarqalgan. Tuproq zarrachalarining katta-kichikligi, oqar suvlarning tiniq yoki loyqa boʻlishi ham Koagulyatsiyaga bogʻliq. Koagulyatsiya oziq-ovqat, dorishunoslik, kimyo, lokboʻyoq sanoatida keng qoʻllaniladi. Koagulyatsiya tabiatda ham keng tarqalgan, mas, qonning ivishi, oqsillar K. si va b.


Lotin alifbosida maqola: KOAGULYATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты