KOBALT RUDALARI

KOBALT RUDALARI — tarkibida kobalt boʻlgan rudalar, bunda ajratib olingan kobalt mikdori iqtisodiy jihatdan samarali boʻlishi lozim. Kobalt rudalarining asosiy minerallari: linneit Co3S4 (kobalt 57,96%), kobaltin CoAsS (kobalt 35,4%), skutterudit CoAs3 (kobalt 20,7%), sferokobaltit So (SO), (kobalt 50-55%), safflorit CoAs2 (kobalt 2,23%). Kobalt ning sanoatbop mikdori nikel, mis va temir konlarida boʻladi. Kobaltning rudadagi mikdori juda kam (4% gacha). Asosan, nikel-kumush, mis-kol-chedani, temir va b. konlarda birikma holida uchraydi. Kobalt rudalari uch xil:

1) mishyak-kobalt rudalari — asosiy minerallari skutterudit CoAs3 (16% —20% kobalt), shmaltinxloantit (So, Ni) As32 (kobaltinning mikdori 1—5% dan 20% gacha);

2) kobalt aralashgan temir va nikel rudalari — asosiy minerallari — pirit (kobalt 0,01% dan 2,5% — 3% gacha) va pentlandit (kobalt 0,4% dan 2,5% gacha); 3) oksidlangan kobalt rudalari. Asosiy minerallari — eritrin, asbolan va b. K. r. ning dunyodagi zahirasi 6 mln. t dan ortiq. Eng yirik konlari Zambiya, Avstraliya, Indoneziya, Marokash, Kanada, RF (Murmansk viloyati, Krasnoyarsk oʻlkasi), Qozogʻiston, Ukraina va b. joylarda topilgan. Oʻzbekistonda hozircha alohida kobalt konlari aniqlanmagan, biroq Olmalikdagi mis-molibden rudalari tarkibidagi pirit mineralida 700—800 g/t kobalt uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: KOBALT RUDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NIKEL
KOBALT
OLTIN RUDALARI
PLATINA RUDALARI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты