KOVALEVSKIY Vladimir Onufriyevich

KOVALEVSKIY Vladimir Onufriyevich (1842.2(14) .8, Latviyaning Dinaburg uyezdi Shustyanka qishlogʻi — 1883.16(28).4, Moskva) — rus tabiatshunosi, evolyutsion paleontologiyaning asoschisi. A. O. Kovayayevskiyning ukasi. Peterburg huquqshunoslik bilim yurtini tugatgan (1861). Paleontologiya sohasida tadqiqot olib borgan. Qazilma suyak qoldiqlarini tadqiq qilish asosida ot ajdodlarining evolyutsiyasini tushuntirib bergan. Organizmning moslashuvchanlik va moslashmaslik evolyutsiyasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratgan, mezozoy va kaynozoy choʻkma jinslarining stratigrafiyasi masalalarini ishlab chiqqan.

As: Sobraniye nauchnыx trudov, t. 1—3, M., 1950-60.


Lotin alifbosida maqola: KOVALEVSKIY Vladimir Onufriyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
KOVALEVSKIY Aleksandr Onufriyevich
BIOLOGIYA
PALEONTOLOGIYA
SUYAK SINISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты