MAGNIT XARITALARI

MAGNIT XARITALARI — Yer kurra sining Yer magnit maydon kuchlanganligini va uning tashkil etuvchilari taqsimlanishini izochiziqlar yordamida tasvirlangan xaritalari. Bulardan Dunyo M. x. va anomal magnit maydoni xaritalari eng koʻp tar kalgan. Dunyo Magnit xaritalari Yer yadrosi elektr oʻtkazuvchan moddasining harakati tufayli hosil boʻlgan Bosh Yer magnit maydoni (normal maydon)ning asosiy tarkibiy xususiyatlarini tasvirlaydi (q. Yer mag-netizmi). Bosh Yer magnit maydoni oʻziga xos tuzilmasining oʻlchamlari qitʼalar oʻlchamiga yaqin boʻlgani uchun, Dunyo Magnit xaritalarining masshtabi, asosan, 1:10 000 000 va undan maydaroq boʻladi. Dunyo Magnit xaritalarida Yer poʻsti tuzilishining xilma-xilligi, maʼdan konlarining joylashishi va b. mahalliy omillar taʼsiridan kelib chiqadigan magnit milining ogʻishi tuzatib beriladi. Anomal magnit maydoni xaritalari Yer magnit maydonining Bosh Yer magnit maydonidan mahalliy ogʻishini tasvirlaydi. Bunday ogʻishlar, odatda, chiziqli oʻlchamlari oʻnlab km va undan kichik maydonlarda kuzatiladi. Shuning uchun ular nisbatan yirik masshtabga (1:200 000 atrofida) ega; bu xaritalar, odatda, aeromagnit suratga olish materiallari asosida tuziladi. Yer magnit maydonining koʻrsatkichlari oʻzgarib turishi sababli, Magnit xaritalari eskiradi, shuning uchun ular har 5—10 yilda qayta yangilanib turiladi.


Lotin alifbosida maqola: MAGNIT XARITALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GLOBUS
TOSHKENT
FIZIKA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты