MAGNITOMETR

MAGNITOMETR (magnit va… metr) — magnit induksiya, magnit maydon kuchlanganligi va doimiy magnitlarning magnit momentlarini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Magnitomexanik, elektromagnit, induksion va ferrozond Magnitometrlar bor. Magnitomexanik Magnitometrda oʻlchanayotgan magnit maydonda 2 doimiy magnit oʻzaro taʼsirlashadi, natijada ulardan biri muayyan burchakka ogʻadi. Bunday Magnitometr mutlaq (mas, magnit teodolit) va nisbiy (mas, kvars asbob) oʻlchashlar uchun qoʻllaniladi. Elektromagnit Magnitometrda tekshirilayotgan magnit maydon gʻaltakdagi elektr toki magnit maydoni bilan taqqoslanadi. Induksion Magnitometrning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan. Ferrozond Magnitometrning ishi oʻzgaruvchan tok oʻtadigan chulgʻamli oʻzakning magnit oʻtkazuvchanligi oʻlchanayotgan magnit maydon taʼsirida oʻzgarishi hodisasiga asoslangan. Magnitometr yordamida Yer va b. sayyoralarning magnit maydoni oʻlchanadi, magnit oʻzgarishlariga doyr hodisalar oʻrganiladi, foydali qazilma konlari qidiriladi; magnit materiallarning xossalari oʻlchanadi va b. ilmiy hamda amaliy ishlar bajariladi.


Lotin alifbosida maqola: MAGNITOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
ELEKTR
ELEKTR MAYDON
OʻLCHASH ASBOBLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты