MAGNITUDA

MAGNITUDA (lot. magnitudo — miqdor, oʻlcham) , Zilzila magnitudasi — zilzila yoki portlashdan vujudga keladigan taranglik tebranishi umumiy energiyasini tavsiflovchi shartli oʻlcham; fanga 1940-y. larning boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan. Tebranish energiyasi logarifmiga toʻgʻri proporsional. Odatda, seysmograflar qayd qilgan tebranish davrining amplituda maksimumiga nisbatan aniqlanadi. Magnituda tebranish manbaining energiyasi boʻyicha qiyoslashga imkon beradi. Magnitudaning bir birlikka ortishi tebranish energiyasining yuz marta ortishiga muvofiq keladi. Maʼlum boʻlgan eng kuchli zilzilalar Magnitudasi 9 dan oshmaydi (taxm. 10» . J» yoki 1026 erg ga muvofiq keladi). Ballarda hisoblanadigan zilzila kuchi yer yuzasida sodir boʻlgan larza va vayronagarchiliklar bilan baholanadi va u M. dan tashqari epitsentral zonadagi zilzila oʻchogʻining chuqurligi va geologik sharoitlariga ham bogʻliq. Zilzila oʻchogʻi chuqur boʻlmaganda vayronagarchilik epitsentrda 5 M. dayoq boshlanadi, agar zilzila oʻchogʻi bir necha yuz km chuqurlikda boʻlsa 7 M. da ham vayronagarchilik deyarli kuzatilmaydi. Magnituda — 0 da kuchsiz tebranish boʻlib, epitsentr yaqinida oʻrnatilgan asbobgina qayd qila oladi; M. — 5 li zilzilada ozmoz buzilishlar boʻladi; M. — 7 da kuchli zilzila; M. — 8,5—8,9 da eng kuchli zilzila sodir boʻladi. Magnituda Yana q. Zilzila.


Lotin alifbosida maqola: MAGNITUDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ZILZILA
TOSHKENT
OKEAN
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты