KOKKLAR

KOKKLAR (yun. kokkos — don) — harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Diametri 0,5—4,0 mkm. Sporalar hosil qilmaydi. Hujayralarning boʻlinish soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashish tartibiga qarab quyidagi shaqllari farq qilinadi: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilokokklar. Koʻpchilik Kokklar grammusbat, ayrimlari grammanfiy. Tabiatda keng tarqalgan. Yashash sharoitiga koʻra, aerob yoki anaerob boʻladi. Tuprokda, suvda, havoda yashaydigan aksari Kokklar (saprofitlar) odatdagi sharoitda zararsiz. Patogen turlari yalligʻlanish va yiringli kasalliklarni qoʻzgʻatadi.


Lotin alifbosida maqola: KOKKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BAKTERIYALAR
YER
DIPLOKOKKLAR
ZAMBURUGʻLAR
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты