MADRID

MADRID — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iktisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Ahrlisi 2,8 mln. kishi (1998).

Madrid ilk bor qoʻlyozmalarda 932-y. da qayd etilgan. Madrid oʻrnida Yu-a. aa mavr-ush/ jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-y. da arablardan ozod etilgan va 1118-y. dan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-a. larda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-y. dan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.

Madrid va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, q. x. qurollari i. ch.). Kime (jumladan, plastmassa i. ch.), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va b. sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va b.) rivojlangan. Madridda yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. Madrid — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va b. oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, i. t. institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va b. muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738— 64), cherkovlar, ratusha (17—18-a. lar) va b. saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: MADRID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ISPANIYA
XITOY
ROSSIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты