KOKSLASH

KOKSLASH — qazib olinadigan yoqil-gʻilar (toshkoʻmir va neftni qayta ishlashdan qolgan ogʻir mahsulotlar) ni havosiz muhitda pechda 950—1050° t-ragacha qizdirib koks va kimyoviy xom ashyo hisoblangan qoʻshimcha suyuq maxsulotlar olish uchun kimyoviy qayta ishlash. Davriy va uzluksiz turlari bor. Davriy Kokslash keng tarqalgan. Toshkoʻmirdan koks olish uchun dastlabki xom ashyo sifatida boyitilgan, maydalangan va bir-biriga aralashtirilgan koʻmirdan foydalaniladi. Koʻmir 250° t-ragacha qizdirilganda undagi nam bugʻlanadi, gazsimon mahsulotlar (uglerod oksidlari) ajralib chiqadi, 300—450° t-ragacha qizdirilganda qatronsimon modda ajralib chiqadi, koʻmir yumshoq massa holiga keladi. Bu massa 500—550° t-rada qattiqlashadi va gʻovak mahsulot — chala koks hosil boʻladi, 750° t-ragacha qizdirilganda chala koks zichlashadi (undan, asosan, vodorod ajralib chiqadi) va yoriladi, 750° dan yuqori t-rada chala koks koksga aylanadi. Kokslash jarayoni 13-18 soat davom etadi. Kokslash jarayonida koksdan tashkari koks gazi va sintetik materiallar, lok-boʻyoq va b. materiallar, kimyoviy mahsulotlar (toshkoʻmir qatroni, benzol va b.) olinadi (q. Koks kimyoʻsi). Neftni qayta ishlashdan hosil boʻlgan ogʻir mahsulotlarni Kokslashda metall kublar yoki maxsus pechlarda kokslab neft kokslari olinadi. Elektrodli kuydirilgan koks kuydirilgan toshkoʻmirni (toshkoʻmir qatronini haydashdan krlgan qoldiqni) ichiga dinas gʻishti terilgan pechlarda Kokslash yoʻli bilan olinadi.


Lotin alifbosida maqola: KOKSLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
UGLEROD
KOʻMIR KONLARI
VODOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты