MAJBURIYAT

MAJBURIYAT (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining Majburiyat ini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Majburiyat kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga asoslangan Majburiyat, shartnomaga asoslanmagan (delikt) M. Shartnomaga asoslangan Majburiyatning turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, Majburiyatni bajarmaslikning oqibatlari va b. jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29 — 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan Majburiyatga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash Majburiyat i; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Majburiyati koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan Majburiyat taraflarning erkiga asosan va kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday Majburiyatning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. Shartnomaga asoslanmagan Majburiyat taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar zarar yetkazilgandan keyin maʼlum boʻladi, predmeti zararning turi, hajmi, darajasiga qarab belgilanadi, javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar belgilanadi. Zarar yetkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan ozod boʻlishi mumkin.

Hojiakbar Rahmonqulov.


Lotin alifbosida maqola: MAJBURIYAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUQUQIY MUNOSABATLAR
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI
TARIX
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты