MAZMUN VA SHAKL

MAZMUN VA SHAKL — falsafiy tushunchalar. Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va oʻzgarishlarning yigʻindisidir. Shakl mazmunning mavjudlik usulini, ichki tuzilishini ifodalaydi. Obyektiv olamda narsa va hodisalarga oid boʻlmagan sof mazmun ham. sof shakl ham yoʻq. Muayyan mazmun hamisha muayyan shaklda ifodalanganidek, muayyan shaы ham muayyan mazmunga egadir. Borliqaagi har bir narsa oʻzining mazmuni va shakl birligi tufayli mavjud. Mazmun oʻz mohiyatiga kura, shaklga nisbatan yetakchi urin tutadi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Shakl mazmunga mos kelishi lozim, mos kelmasa ular (aniqrogʻi zeki shakl bilan yangi mazmun) oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi, bu ziddiyat eski shaklni yangi mazmunga mos yangi shakl bilan almashish (yoki eski shaklni yangi mazmunga moslash) orqali hal qilinadi.

Sanʼat, adabiyotda Mazmun va shakl va sh. badiiy asarning bir-birini taqozo etuvchi ikki tomoni boʻlib, bunda uning mazmuni muhim hisoblanadi. Badiiy asarning shakliy (uslub, janr, kompozitsiya, badiiy nutq, ritm), mazmuniy (mavzu, fabula, konflikt, xarakterlar va sharoit, badiiy gʻoya, tendensiya) yoki shakliy-mazmuniy (syujet) xarakterdagi ayrim tomonlari, unsurlari Mazmun va shakl va sh. ning yagona, bir butun real koʻrinishi sifatida namoyon boʻladi.

Adabiyotda Mazmun va shakl va sh. tushunchalari 18—19-a. boshlaridagina bir-biridan farqlana boshladi. Lekin badiiy adabiyotga xos Mazmun va shakl va sh. ning oʻziga xos birligi bu ikki tomonni bir-biridan ajratgan xrlda oʻrganib boʻlmasligini koʻrsatadi. Chunki adabiy asarning mazmuni, mohiyati uning shakli orqaligina yuzaga chiqadi. Shuningdek, maz-mundan uzoqlashgan shakl nutqning oddiy fakti, tilshunoslik, statistika yoki mantiqobyektiga aylanadi. Mazmunning shaklga (yoki aksincha) oʻtish qollari falsafada qam, adabiyot va sanʼatda ham roʻy beradi. Hoz. adabiyotda umumiy shakl boʻlib koʻringan jiqatlar qachondir mazmun boʻlgan. Janrning oʻziga xos xususiyatlarini belgilaydigan koʻpgina tomonlar dastlab shakl holatida emas, balki mazmunga aloqador boʻlib koʻringan. Ular bir necha asarda, bir necha yozuvchi ijodida takrorlanaverib, qatʼiylashgandan keyingina shakliy hodisaga aylangan. Mas, novellalarga xos syujet, ixchamlik, loʻndalik va b. dastlab janr belgilari sifatida emas, balki shakliy belgilardan kengroq, mazmundan ajralmaydigan xususiyatlar koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bokkachchoning «Dekameron» asari yaratilganidan keyingina novella janriy shakl sifatida tan olindi. Shakl mazmunga tobe boʻlgani holda, oʻzi xam nisbatan mustaqillik xususiyatiga ega. Bu nisbiy mustaqillik, badiiy asarning shakli no-mukammal boʻlganda, ayniqsa, seziladi. Bunda asarning mazmuniga putur yetadi, mazmun yorqinligi vataʼsirchanligini yoʻqotadi. Chinakam sanʼat asarida Mazmun va shakl va sh. ning birligi, yaxlitligi talab qilinali.


Lotin alifbosida maqola: MAZMUN VA SHAKL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
IBN SINO
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты