MAISHIY XIZMAT

MAISHIY XIZMAT, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish — aholiga noishlab chiqarish va i. ch. xizmati koʻrsatish sohasining bir qismi. Maishiy xizmat kishilarning kasbiy va ijtimoiysiyosiy faoliyatiga bogliq bulmaga n xolla moddiy xamda maʼnaviy exti-yojlarni bevosita qondirish boʻyicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-Taujkiliy usullar va shakllar b-n tavsiflanadi. Hoz. sharoitlarda Maishiy xizmat xalq xoʻjaligining maxsus industrial moddiytexnika bazasi — sanoat korxonalari va k-tlariga zga boʻlgan aloqida tarmogi hisoblanadi. Maishiy xizmat korxonalari tomonidan yakka tartibda shaxsiy isteʼmol buyumlarini tayyorlash, isteʼmol qiymatini yoʻqotgan, roʻzgʻorda ishlatiladitan va shaxsiy foydalamishdagi buyurtmalarni tiklash, shaxsiy xizmatlar koʻrsatish va b. ishlar bajariladi. Maishiy xizmatga uy-joyni taʼmirlash, yakka buyurtmalar boʻyicha mebellar tayyorlash va ularni taʼmirlash, kir yuvish, buyumlar va kiyim-kechaklarni kimyoviy tozalash va boʻyash. yakka tartibda poyabzal, kiyimkechak, moʻynali va trikotaj buyumlari tikish va taʼmirlash, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash, roʻzgor texnikasi mashinalari va asboblari, radio va teleapparaturalarni, shuningdek, musiqa asboblarini taʼmirlash, qimmatbaho narsalarni lombardlarda saqlab berish boʻyicha xizmatlar, fotoxizmatlar, sartaroshlik, madaniymaishiy va sport buyumlarini ijaraga berish xizmatlari. xonadonlarni yigishtirish bilan bogliq xizmatlar, turli topshiriqdarni bajarish va b. b-n shugʻullanaligan korxonalar va tashkilotlar faoliyati kiradi. Ijtimoiy taraqqiyot, texnika vositalarining rivoji, shuningdek, xalq moddiy farovonligining ortishi bilan aholining moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari ham oʻsib-koʻpayib boradi. Bu holat Maishiy xizmatning ijtimoiytashkiliy usullari va shakllarining kengayishini taqozo etadi. Maishiy xizmat korxonalari xizmat koʻrsatish sohalarining boshqa tarmoqlari (mas, savdo, umumiy ovqatlanish, bolalar muassasalari, turar joy, kommunal xoʻjaliklari va h. k) b-n birgalikda xonadon xoʻjaligida bajariladigan ayrim ishlar va xizmatlarni asta-sekin ijtimoiy i. ch. va umumiy xizmat koʻrsatish shakllari bilan almashtirib boradi.

20-a. boshlariga qadar Oʻzbekistonda aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning uz anʼanalari va tarixiga ega boʻlgan tizimi shakllangan edi. Qishloushrda va shaxar maxallalarida sartaroshlar. chegachilar, chevarlar. shuningdek, kosib va hunarmandlar Maishiy xizmat koʻrsatish vazifasini bajarganlar. Ustaxonalar va sartaroshxonalar shahar va qishloq bozorlari x. ududida, mahalla guzarlarida joylashgan eli. 20-a. ning 20-y. dan boshlab davlat tomonidan Maishiy xizmat soxasini rivojlaitirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi. Maishiy xizmat artellari tuzildi, yangi atelye, ustaxona, maishiy xizmat uylari, korxonalar ochildi, Maishiy xizmat industriyasi yaratildi. 1965-y. da respublikada Maishiy xizmat koʻrsatish vazirligi tashkil etildi. 1965—80 y. larda Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari soni 8382 tadan 18031 ga yetdi (shu jumladan, qishloqjoylarida 4403 tadan 11293 taga yetdi). Maishiy xizmat uylari va ixtisoslashtirilgan korxonalar ishga tushirildi, faqat 1971 — 75 y. larda 20 ming yangi texnologik asbob-uskunalar oʻrnatildi. 1990-y. ga kelib respublikada atelye va ustaxonalarni xam qoʻshib hisoblaganda 26,9 ming Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari ishladi, aholi jon boshiga Maishiy xizmat koʻrsatish xajmi 1965-y. ga nisbatan deyarli 10-marta koʻpaydi. 90-y. dar boshilan tizimni bozor munosabatlariga oʻtkazish uchun Maishiy xizmat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish boshlanli. 1992 i. apr. da respublika Maishiy xizmat koʻrsatish vazirligi tugatildi va uning negizida ahrliga Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari uyushmasi — «Oʻzmaishiyxizmatuyushma» tuzildi. 1992—95 y. larda Maishiy xizmat tarmoqdariga qarashli 12587 korxona xususiylashtirildi va aksiyadorlik jamiyatlari, jamoa korxonalari, xususiy korxonalarga aylantirildi. 1994—95 y. larda shaxar va qishloklarning guzarlarida 474 savdomaishiy majmualar tashkil etildi. Barcha viloyat markazlarida, tumanlar va shaqarlarda Maishiy xizmat sohasidagi kichik, xususiy va oʻrta biznesni muvofiklashtirish va qoʻllab-quvvatlash uyushmalari tuzildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1997-y. 17sent. dagi qarori bilan Maishiy xizmat koʻrsatish soxasini boshkarishni davlat tasarrufidan chikarishni davom ettirish, Maishiy xizmat korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarning xoʻjalik mustaqilligini oshirish maqsadida «Oʻzmaishiyxizmatu-yushma» tugatildi. Aholiga Maishiy xizmat koʻrsatish ishlarini hududiy (viloyat) uyushmalari, Maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlarning tuman (shaxar) uyushmalari boshqaradi. Ular aqoliga 800 dan ortiq xizmat turini koʻrsatadi.

OʻzRda aholiga Maishiy xizmat koʻrsatish soxasiga chet el investitsiyasi ham jalb etilgan. Mamlakatda Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Italiya, Fransiya va b. davlatlardan kelgan in-vestorlar qamkorligida tashkil etilgan qushma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. 2000-y. da Oʻzbekistonda aholiga koʻrsatilgan Maishiy xizmat hajmi 47,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi, aholi jon boshiga 12340,2 soʻmlik pulli xizmatlar koʻrsatildi.

Elshod Isyuisv, Qodirjon Yusupov.


Lotin alifbosida maqola: MAISHIY XIZMAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOSHKENT
INDUSTRIAL OʻSISH
XALQ IJODI
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты