MAYIN JUNLI QOʻYLAR

MAYIN JUNLI QOʻYLAR — jun qoplami oʻta zich joylashgan tivit toifasidagi mayin toladan tashkil topgan qoʻylar guruhi. Mayin junli qoʻylar qadimdan urchitiladi. Avstraliya, Yevropa, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ukraina va b. mamlakatlarda boqiladi.

Mayin junli qoʻylar teri sathining 1 sm2-maydonchasida 4 — 11 ming jun tolasi joylashgan boʻlib, oʻrtacha diametri 25 mkm dan oshmaydi. Mayin junli qoʻylar junining jingalaklari bir meʼyorda. Tolaning 1 sm2 uzunligida 6—9 jingalak mavjud. Teri qatlamlaridagi yogʻ va ter bezlari mahsuli boʻlgan murakkab yogʻter aralashmalari jun tolalarini sirtdan qoplab, tashki muhitning noqulay sharoitlari (harorat, namlik) taʼsiridan va ifloslanishidan asraydi. Junining oʻrtacha uz. 7—10 sm.

Mayin junli qoʻylar larning asosiy mahsuloti bir xil tuzilishdan iborat, oq rang, ipaksimon tovlanuvchi, yuqori sifatli mayin jun. Yunonlar bu junni «oltin jun» deb atashgan. Junni qayta ishlash va toʻqimachilik sanoatida yuqori si-fatga ega boʻlgan silliq jun gazlamalar va movut ishlab chiqariladi.

Asosiy jun mahsulotidan tashqari, mayin junli qoʻylardan goʻsht ham olinadi. Shunga koʻra, Mayin junli qoʻylar 3 guruhga: jundor (ozarbayjon togʻ merinosi, Stavropol zotlari, sovet minorasi va b.); jungoʻsht yoʻnalishidagi (Askaniya, Oltoykavkaz va b.) va goʻsht-jun yoʻnalishidagi Mayin junli qoʻylar (arxaromerinoslar va b. zotlar)ga boʻlinadi.

Mayin junli qoʻylar 1 kg tirik vazni hisobiga 50 — 70 g va undan ham ortiqroq jun tola berishi bilan boshqa guruhlardan ustunlik qiladi, lekin jussasi maydaroq. Sovliqlarining tirik vazni 45—50 kg, qoʻchqorlarniki 80—90 kg. Bir ona qoʻydan kamida 2,5—3,0 kg sof jun tolasi olish mumkin.

Boshqa qoʻylarga nisbatan Mayin junli qoʻylar yashash sharoitiga oʻta talabchan. Ularni asrash, boqish, parvarish qilish maxsus tayyorgarlikni va eʼtiborni talab qiladi.

19-a. ning 70—80 y. lari va 20-a. boshlarida va oʻrtalarida Mayin junli qoʻylar Oʻzbekiston hududiga ham keltirilgan. Tosh-kent, Jizzax va b. viloyatlar xoʻjaliklarida olib borilgan i. t. ishlari va kuzatishlar natijasida respublikada yarim mayin junli qoʻychilik tarmogʻining paydo boʻlishi va shakllanishi birmuncha jadallashdi.

LL. Shchekin V. A., ChorvachilikT., 1960; Amirov A. Q. va b., Chorvachilik, T., 1980.

Abdusattor Amirov.


Lotin alifbosida maqola: MAYIN JUNLI QOʻYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
ROSSIYA
Nilufar Usmonova - Asraydi
TOSHKENT
JUN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты