KOLLIZIYA

KOLLIZIYA (lot. collisio — qaramaqarshilik, toʻqnashish) — badiiy asarda xarakterlararo hamda xarakterlar bilan sharoit, muhit oʻrtasidagi ziddiyat. K. konflikt atamasining sinonimi tarzida ham qoʻllanadi. Kolliziya atamasini birinchi boʻlib Gegel estetika ilmiga olib kirgan. Uning aytishicha, Kolliziya zid-diyatning ijtimoiy-tarixiy jihatdan keng koʻlamligi, yirikligi va konfliktning boshlanish nuqtasini, tugunni anglatadi. Kolliziya harakatga, mavzu rivojiga, xarakterning kurashga kirishishiga turtki beradi. Kolliziya asarning janriga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Mas, yirik epik asarlarda Kolliziya xarakter faoliyati va mavzu rivoji uchun turtki boʻlsa, lirikada lirik qahramonning ruhiy olamidagi ziddiyatli kechinmalarni ifodalaydi. Tragediyada Kolliziya tragik konfliktni hosil qilsa, hajviy asarlarda komik konfliktni yuzaga chiqaradi.


Lotin alifbosida maqola: KOLLIZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KONFLIKT
ESTETIKA
FRANSIYA
XALQ IJODI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты