KOLLOIDLAR

KOLLOIDLAR, kolloid sistemalar (yun. kolla — yelim va eidos — koʻrinish) — dispers faza zarralarining oʻlchami 1 nm. dan 100 nm gacha boʻlgan yuqori (ultramikrogeterogen) dispers sistemalar; dispers faza zarralari nisbatan yirikroq (100 nm dan katta) boʻlgan mikrogeterogen va dagal sistemalardan farqli ravishda ultramikrogeterogen sistemalar uchun dispers faza zarralarining jadal broun harakati tavsifli.

Dastlab kolloid kimyo faniga asos solgan ingliz olimi Tomas Grem 1861-y. da erigan moddalarning pergament qogʻoz orqali suvga oʻtish (diffuziyalanish) xossasini tekshirib, kristall moddalar (osh toʻzi, shakar) eritmalari faol diffuziyalanishi, amorf moddalar (gidroksillar, yelim, albumin, jelatina, kraxmal va b.) eritmalari esa juda sekin diffuziyalanishini aniqladi va ularni tegishlicha «kristalloidlar» va «kolloidlar» deb atadi. Uning fikricha, kristalloidlar suvda eriganda chin eritmalar, kolloidlar eri ganda esa kolloid eritmalar hosil boʻladi. Lekin keyinchalik 1869-y. da rus olimi I. G. Borshchov kolloid moddalar kristall holda ham boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Soʻngra P. P. Veymarn, kolloid holatda 200 tadan ortiq modda tayyorlab, moddalar sharoitga qarab kolloid holatda ham, kristalloid holatda ham boʻla olishini isbotladi. Moddaning kolloid holati nafaqat kimyoda, balki biol., tibbiyot, texnologiya va q. x. da ham nihoyatda muhim oʻrin tutadi.


Lotin alifbosida maqola: KOLLOIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
YER
KOLLOID ERITMALAR
LIOFIL VA LIOFOB KOLLOIDLAR
QOGʻOZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты