KOLOMBO

KOLOMBO (singal tilida Kalambu) — Shri Lanka Respublikasining amaldagi poytaxti, Shri Lanka o. ning gʻarbiy sohilida, Kelani daryosining kuyilish joyida. Iqlimi subekvatorial, mussonli nam iqlim. Oʻrtacha yillik yogʻin 2400 mm, eng koʻp yogʻin yoz oylariga toʻgʻri keladi. Yil davomida havo t-rasi kam oʻzgaradi, 27° atrofida saqlanadi. Aholisi qariyb 2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari).

Kolombo toʻgʻrisida dastlabki maʼlumot u yerga 1346-y. da kelib ketgan arab sayyohi Ibn Battuta asarlarida uchraydi. Oʻrta asrlarda shahar Kolontata nomi bilan mashhur boʻlgan. 16-a. da Hind okeani havzasidagi muhim savdo markazlaridan edi. Portugaliyaning mustamlakachilik yillarida harbiy fort (qalʼa) boʻlgan. 17-a. da gollandlar qoʻliga oʻtdi. 1796-y. da inglizlar bosib olgan va 1802-y. dan Angliya mustamlakasi — Seylonning maʼmuriy markazi. 1948-y. dan mustaqil Seylon davlatining, 1972-y. dan Shri Lanka Respublikasining poytaxti. 1985-y. dan mamlakatning yangi poytaxti — Shri-Jayavardenapura-Kotte sh. qurilmokda.

Kolombo — mamlakatning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Hind okeanining muhim dengiz yoʻllari kesishgan joyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kolombo va uning atrofida mamlakatdagi sanoat korxonalarining 1/2 qismi joylashgan. Oziq-ovqat, kauchukni qayta ishlash, kemasozlik va kema remontni korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Shahar yaqinida shina z-di, metallurgiya z-dining prokat sexi; sunʼiy gavanda quruq dok, neft saqlanadigan va b. omborlar qurilgan.

Kolomboda davlat un-ti, Vidyalankara budda un-ti, texnika, nafis sanʼat kollejlari, Milliy muzey, jamoat kutubxonasi, i. t. institutlari, sanʼat galereyasi va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklardan ibodatxonalar saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: KOLOMBO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHRI LANKA
TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты