KOLONIAL ORGANIZMLAR

KOLONIAL ORGANIZMLAR, koloniya boʻlib yashovchi organizmlar — jinssiz (vegetativ) koʻpayishida ona organizmidan ajralib ketmasdan keyingi avlodlari bilan birga qoʻshilib, murakkab koloniya hosil qiladigan organizmlar. Kolonial oʻsimliklarga har xil bir hujayrali suvoʻtlar (koʻk-yashil, yashil, tillarang, sariq-yashil, diatom, pirofit va evglenasimonlar) kiradi. Kolonial organizmlar, koloniya hosil qilish usuliga binoan, zoosporali va avtosporali boʻladi. Kolonial hayvonlarga, asosan, dengiz hayvonlari (umurtqasiz va tuban xordalilar), bir hujayralilar (baʼzi xivchinlilar, radiolyariyalar, infoʻzoriyalar); umurtqasizlardan koʻpchilik gʻovak tanlilar, boʻshliqichlilar kiradi. Kolonial hayvonlarning bir qismi (mshankalar, gidroidlar, qorall poliplar va b.) suvda oʻtroq hayot kechiradi. Kolonial organizmlar bir hujayrali organizmlardan koʻp hujayrali organizmlarning paydo boʻlishida oraliq zveno boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: KOLONIAL ORGANIZMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
HAYVONLAR
BOʻSHLIQICHLILAR
SUVOʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты