MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI — makkajoʻxorini zararlaydigan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: koʻsak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajoʻxori kapalagi, makkajoʻxori bita, makkajoʻxori sustkashi va b.

Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania avlodiga mansub hasharot. Makkajoʻxorini 7—9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, roʻvaklari va soʻtasini zararlaydi. Bu oʻsimlikka 4 ta turdagi Leukan tunlamlari ziyon yetkazadi.

Kapalagining qanoti yozilganda 40—44 mm. Oldingi qanoti och sargʻish, koʻndalang yoʻlchalari qizgʻish rangda. Kurti 40—45 mm, okdmtirkizgʻish, tanasining ustida oqish rang uzunasiga ketgan yoʻlchasida qora nuqtalari bor.

Makkajoʻxori kapalagi (Pyrausta nubilalis Hb.) — kapalaklar yoki tangachaqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Hammaxoʻr. Zararlangan makkajoʻxori poyalari va soʻtalari sinib tushadi. Kapalagining qanoti yozilganda 27—28 mm. Qanotlari sargʻishkulrang. Qurti 25 mm gacha, oq yoki qoramtirsargʻish. Tanasining oldingi boʻgʻimlarida 4 tadan va keyingi boʻgʻimlarida 2 tadan kora xollari bor. Bahorda poya ichida gʻumbakka aylanadi va 10—25 kundan soʻng kapalaklari uchib chiqadi. Kapalaklari kechqurunlari uchadi. Kapalagi 3—8 haftagacha hayot kechiradi, 250—350 tagacha tuxumini oʻsimlik barglarigʻshng ostki tomoniga va soʻtalarga yoʻl-yoʻl qilib qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlari uch yoshgacha barg b-n, soʻng poyaning ichiga kirib ovqatlanadi. 2—3 avlod beradi.

Makkajoʻxori biti (Aphis maridis Fitcn.) — tengqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Uz. 1,04—2,18 mm, och-yashil, boshi qoʻngʻir rangda. Makkajoʻxorining bargi, poyasi va soʻtasini soʻrib zararlaydi, barg va po-yasida mayda qizgʻish dogʻlar hosil boʻladi. Qattiq zararlangan barglari sar-gʻayib quriydi. Mavsumda 10 tagacha avlod beradi. Bahorda va kuzda juda tez rivojlanadi.

Makkajoʻxori sustkashi (makkajoʻxori qora qoʻngʻizi) (Pedinus femoralis L.) — qora qoʻngʻizlar oilasiga mansub qoʻngʻiz. Tanasining uz. 7,5—9,6 mm; rangi qora, qanotlari rivojlanmagan, ust qanotlari esa birlashib ketgan. Lichinkasi uzun, sariq. Qurgʻoqchilik yillari ekinlarga katta zarar yetkazadi. Qoʻngʻizi va lichinkasi qishlaydi; tuxumini bahorda tuproqning oftob yaxshi tushadigan yuza (10 sm cha chuqurlikka) qatlamiga qoʻyadi. Tuxumining rivojlanishi 9—15 kun davom etadi. Lichinkasi qishlab chiqqach, kelasi yili iyun—iyulda gʻumbakka aylanadi. Yosh qoʻngʻizlar iyulda ham tuxum qoʻyadi. Lichinkalari ekilgan urugʻlarni yeb va oʻsimlik ildiz boʻgʻzini kemirib zarar keltiradi.

Makkajoʻxori simqurti (Agritosmeticulosus Cand.) kattikkanotlilar yoki qoʻngʻizlar turkumining qirsildoq qoʻngʻizlar oilasiga mansub hasharot. Asosan, tanasining uz. 7,5 — 9,6 mm. Rangi qora. Qanotlari rivojlanmagan, ustki qanotlari birlashib ketgan. Lichinkasi simsimon, ingichka tanali. 2—2,5 mm uzunlikda, sariqyoki qoʻngʻir rangli boʻladi. Lichinkasining rivojlanishi 3—4 yilgacha davom etadi, yetilgan lichinkalari kuzga borib gʻumbakka aylanadi, undan chiqqan qoʻngʻizlari qishlab qoladi. Kelgusi yilning kuklami yoki yozida qoʻngʻizlari tuproq ostidan chiqadi. Urgʻochisi tuproqning yuza qavatidagi yorikdarga yoki kesaklar tagiga bittabittadan yoki toʻp-toʻp qilib 150 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 20—40 kunda sariq boshli oq lichinkalar chiqadi. Lichinka oʻsgan sari tanasi sargʻayadi. Bu hasharot tuprokda unib kelayotgan urugʻlarni va oʻsimlik ildizlarini kemirib zararlaydi.

Kurash choralari: qishlovchi zararkunandalar oʻchoqlarini yoʻqotishga qaratilgan agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish; yerni chuqur shudgorlash, dalani oʻsimlik qoldiqlari va begona oʻtlardan toza tutish; ekishda urugʻlikni dorilash; insektitsidlar purkash; zararkunandalar yalpi tuxum qoʻyishi davrida trixofammalardan foydalanish va b. Sulton Alimuhamedov.


Lotin alifbosida maqola: MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
Ulug'bek Ismailov - Guli
KAPALAKLAR
TUNLAMLAR
KARAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты