KOLYURIYA

KOLYURIYA (coluria) — raʼnodoshlar oilasiga mansub ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Yoʻgʻon ildizpoya hosil qilib oʻsadi. Ildiz boʻgʻzi barglari bandli, poyadagilari bandsiz, mayda. Guli sariq, yakka yoki toʻpgul. Mevasi koʻp yongʻoqli. Jan. Sibir, Shim. Moʻgʻuliston va Xitoyda 5—7 turi bor. Oltoy, Sharqiy Qozogʻiston, Krasnoyarsk ulkasining jan. va Tuvadagi dasht va toshloq togʻ yon bagʻirlarida bir turi uchraydi. Ildizpoya va ildizidan evgenolli efir moyi olinadi. Mahalliy xalq ildizpoya va ildizini choy sifatida va tamakini xushboʻy qilish uchun ishlatadi.


Lotin alifbosida maqola: KOLYURIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ROSSIYA
QOZOGʻISTON
OSIYO
CHOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты