MALAYZIYA

MALAYZIYA (Persekutuan Tanah Malaysiu) — Jan.-Sharqiy Osiyodagi davlat. X,ududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy Malayziya (Malayya) Malakka ya. o. ning jan. da, Sharkiy M. Kalimantal o. ning shim. qismida joylashgan. Mayd. 332,8 ming km2. Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Kuala-Lumpur sh. Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Malayziya — federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-y. da kabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957-y. gi konstitutsiyasi asos kilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — oliy hukmdor (podshoh, 2001-y. 12 dek. dan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati. Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka ya. o. ning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (bal. 1000—2000 m; eng baland joyi — Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) payettekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000—2400 m balandlikdagi togʻlardir. Malayziya dagi eng baland joy — Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra yil davomida 25°—28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000—5000 mm. Daryolari (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va b.) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va b. oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.

Aholisining 54% malayyalar, 34% xitoylar, 10% hindlar va b, Davlat tili — Malayziya tili, Davlat dini — islom, Shahar aholisi 43%. Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va b.

Tarixi. Malayziya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 3—1ming yilliklarda Malakka ya. o. ga Xitoyning jan.-gʻarbidan avstronez qabilalar kelib oʻrnashgan. Mil. 1ming yillik boshlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari koʻchib kelgan.

Malakka ya. o. aholisining Hindiston b-n savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka ya. o. ning shi-m. da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3—14-a. larda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.

15-a. da va 16-a. boshlarida Malakka ya. o., Riau arxipelagi va Sumatra o. ning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511-y. Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. Malayziya hududining gʻarbiy qismi — Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi — Joxor 16 — 18-a. larda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641-y. Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-a. oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786—1888-y. lar davomida inglizlar hoz. Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).

2-jahon urushi davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943-y. M. da boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945-y. 2 sent. da yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi — xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaktda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948-y. lardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946-y. dan Malayya Ittifoqi va 1948-y. dan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946-y. Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948-y. iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949-y. fev. da malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955-y. Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957-y. dan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957-y. 31 avg. da Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963-y. 9-iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida M. Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965-y. M. bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963-y. dan BMT aʼzosi. 1992-y. 1 yanv. da UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami — 31 avg. — Milliy kun (1957).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Umummalayziya islom partiyasi, 1951-y. da tuzilgan; M. xind kongressi, 1946-y. da asos solingan; M. xitoy uyushmasi, 1949-y. da tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988-y. da asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966-y. da tuzilgan; Milliy front, 1973-y. da 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Malayziya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda i. ch. sanoatining ulushi — 28,7%, konchilik sanoatining ulushi — 9,3%, q. x. ning ulushi — 17,3%. Q. h. ning asosiy ekini — sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk i. ch. dir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. I. ch. sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. Malayziya integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar i. ch. boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va b.) rivojlangan.

Temir yoʻllari uz. 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji — 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang, Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.

Malayziya chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, q. x. mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashinaMalayziya bayrogʻi. uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziqovqat oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AKSH, Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari, Jan. Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi — ringgit (Malayziya dollari).

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Xalq maorifi tizimi 6 y. lik boshlangʻich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 y. lik kichik oʻrta maktab va 2 y. lik katta oʻrta maktab (katta oʻrta maktab huzurida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar taʼlimi boʻlimlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, oʻrta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar oʻrgatiladi. Kuala-Lumpur unti (1962), Milliy un-t (1970), Texnologiya unti (1972), q. x. unti (1973), Jorjtaundagi un-t oliy taʼlim beradi. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi b-n) bor. Tabiiy kauchukni tadqiq qilish in-ti, Q. x. ilmiy tadqiqot in-ti, oʻrmonchilik va tropik baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbiyot i. t. instituti, Ijtimoiy fanlar tarixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Mamlakatda nashr etiladigan yirik gaz. lar: «Berita xarian» («Kun yangiliklari», Malayziya tilida chiqadigan kundalik gaz., 1957-y. dan), «Biznes tayms» («Biznes vaqti», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1976-y. dan), «Malay meyl» («Malayya pochtasi», ingliz tilida chiqadigan kechki gaz., 1896-y. dan), «Mingguan Malayziya» («Malayziya hafta ichida», Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gaz., 1964-y. dan), «Nanyan shanbao» («Janubiy dengizlar savdo gazetasi», xitoy tilida chiqadigan kundalik gaz., 1923-y. dan), «Star» («Yulduz», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1971-y. dan), «Tamil nesan» («Tamillar posboni», taʼmil tilida chiqadigan kundalik gaz., 1924-y. dan) va b. Bernama axborot agentligi, 1967-y. da taʼsis etilgan. Malayziya radiosi 1946-y. dan, Malayziya televideniyesi 1963-y. dan ishlaydi.

Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-a. da tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabi-yotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining «Abdullo haqida qissa» (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925—26 y. larda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan «Farida Xonim» romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va b. ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi «Haqiqiy doʻst» (1927), «Bu Salmami?» (1928) va b. romanlar yaratdi.

30-y,larda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va b. ning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning «Birga kurashaylik» (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.

50-y. larda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950-y. bir guruh qalamkashlar — K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va b. «50-yillar avlodi» adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va «Sanʼat jamiyat uchun» degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.

Keyingi yillarda A. Samad Sayd («Salina»), A. Vati («Aylana»), A. Ali («Inqiroz»), A. Samad Ismoil («Vazir»), Ibrohim Umar («Chapdagi qadam»), S. Usmon Kelantan («Shimoli-sharqdagi shabada») va b. ning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.

Malayziyada tamil (S. Vadivel, J. Perumal, G. S. Shanmugam), xitoy (Sun Ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, Uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivojlanayotir.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Malayziya hududida mil. av. 1ming yillikning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxallimadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi boʻyida xarsang terrasalar, sagʻanalar, jez buyumlar topilgan. 7—8-a. largacha hind namunalariga taqlid qilingan: Budda ibodatxonalari va haykallari tiklangan. Bezak sanʼatida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-a. dan islom dini kirib kelishi munosabati bilan musulmon inshootlari qurish urf boʻldi (Perax, Kedax va Joxorda 17 — 18-a. larda mayejid va maqbaralar qurilgan). 15—19-a. larda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylarning taʼsiri kuchaydi. 16-a. da mustamlakachilar bostirib kelgach, qad. madaniyat tanazzulga uchrab, yevropacha meʼmorlik va sanʼat shakllari joriy etila boshladi. 19-a. 2-yarmida shaharlar (Pinang, Kuala-Lumpur) rivojlandi. Yevropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari krrishmasidan iborat imoratlar qurildi. Turar joylar qoziq va toshlar ustiga, yerga yogʻoch hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi.

20-a. dan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yoʻldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning «kampong» deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yoʻllar, daryolar, togʻ vodiylari boʻylab joylashtiriladi. Malayziya daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mumkin. Mamlakatning qad. aholisi boʻlmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashaydi. Yangi qishloqlarda gʻisht, temir-beton va yogʻochdan uylar qurilayotir.

20-a. boshlaridan chinni i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Xonadonlarda toʻqilgan gazmoldan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va roʻmollar zardoʻzlik usulida tayyorlanadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumlari, oʻyma naqshli idishlar, qumgʻonlar, qutichalar yasaydilar.

Malayziyaning zamonaviy tasviriy sanʼatida rassomlik, haykaltaroshlik rivojlangan. Hunarmandchilikning kulolchilik, toʻquvchilik, savat toʻqish kabi turlari saqlangan.

Kinosi. Xar yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinematografiyaning rivojlanishi juda qiyin. Malayziyada dastlabki chinakam milliy kinofilmlar 50-y. larning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati anʼanaviy musiqiy dramalardan iborat. Rej., ssenariychi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli shunday dramalarni saxnalashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar bilan birgalikda yaratildi. 1981-y. da kinoni rivojlantirish tashkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: «Xang Tuan» (rej. F. Mejundar), «Se-merax Padi» (rej. P. Remli), «Yigʻlama» (rej. R. Timoer), «Muhabbat va qoʻshiq» (rej. D. Sulong), «Ertangi kun umidida» (rej. D. Shamsuddin), «Ona, onajon» (rej. A. Mahmud).

Oʻzbekiston — M. munosabatlari. Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun avvalo huquqiy negiz yaratildi. 1992-y. iyunida OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning Malayziyaga tashrifi vaqtida «Madaniy va ilmiy hamkorlik», «Iktisodiy va texnikaviy hamkorlik» toʻgʻrisida bitimlar imzolandi. 1993-y. mart—apr. oylarida Malayziya bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi yakunida ham bir qancha hujjatlar qabul etildi. Natijada ikkala mamlakat oʻrtasida tovar ayirboshlashga kirishildi. 1999-y. da tovar aylanmasi 4,9 mln. AKЩ dollarini tashkil etdi.

OʻzR da malayziyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 10 ta qoʻshma korxona mavjud. «Otel Oʻzbekiston», «OʻzMalOyl» (neft konlarini ishlatish), «OʻzMakom» (telefon xizmati), «Oʻzbeklizing Interneyshnl» (kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllabquvvatlash) ularning eng yiriklaridir.


Lotin alifbosida maqola: MALAYZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты