KOMI

KOMI, Komi Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiyaning Yevropa qismi shim.sharqida joylashgan. Mayd. 415,9 ming km2. Aholisi 1135,5 ming kishi (2000). Komida 12 tuman, 8 shahar, 40 sha-harcha bor. Poytaxti — Sektivkar sh.

Davlat tuzumi. Komi — respublika. Davlat boshligʻi — Respublika boshligʻi hukumatga boshchilik qiladi. Qonun chiqaruvchi organ — Davlat kengashi (parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Komi hududi jan.-sharkdan shim.-gʻarbga koʻtarilib boradi. Sharqida Shim., Qutbiy, Qutb oldi va Ural togʻlari bor. Komining sharqiy chegarasi shu togʻlarning suvayirgʻichi boʻylab oʻtadi. Komining va Uralning eng baland choʻqqisi — Naroda togʻi (1895 m). Timan qator tepalari bilan Ural togʻi orasida Pechora pasttekisligi joylashgan.

Komida toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, asfaltit, titan rudasi, boksit, tosh toʻz, kaliy tuzi, gips, ohaktosh, qurilish materiallari koʻp. Ayniqsa, yoqilgʻienergetika resurslarining ahamiyati katta.

Iqlimi respublikaning koʻp qismida moʻtadil kontinental; qishi uzoq, sovuq; yozi qisqa, iliq. Sovuq jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa tomon kuchayib boradi, yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 17° dan —20° gacha, iyulniki 1 G dan 15°gacha. Respublika hududining 13% (shim., shim.-sharqi) koʻp yillar davomida muzlab yotadi.

Respublikaning koʻp qismida yillik yogʻin 600—700 mm, Ural togʻlarida 1500 mm gacha. Yirik daryolari: Pechora, Vichegda, Mezen. Pechoraning 1500 km qismida kema qatnaydi. Vichegda (Shim. Dvina irmogʻi) — K. ning muhim suv yoʻli. Yirik koʻllari — Yamozero va Sindor. Tuprogʻi podzol, shim. qismida esa tundra toifali. Hududining 12 — 15% botqoqlik, 2% choʻkindi tuproqli, koʻp qismi tayga. 28,7 mln. gektar oʻrmon bor, asosan, qoraqaragʻay, qaragʻay, kedr, oqqaragʻay, tilogʻoch va b. oʻsadi. Qimmatbaho moʻynali hayvonlardan qutb tulkisi, suvsar, tiyin, tulki, quyon; qushlardan qur, karqur, oʻrdak, bulduruq va qutb kaqligi ovlanadi. Losos zot baliqlar (syomga va b.) koʻp. Yuqori Pechora havzasida Pechora-Ilich qoʻriqxonasi va «Yugid Va» milliy bogʻi bor.

Aholisi. Tub aholisi — komilar, shuningdek, ruslar, ukrainlar, beloruslar, tatarlar va b. yashaydi. Aholining 75% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — komi va rus tillari. Dindorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Sektivkar, Vorkuta, Uxta, Inta, Pechora, Sosnogorsk.

Tarixi. Komi hududida aholi yuqori paleolit davridan yashab kelgan va asosan, ovchilik bilan shugʻullangan. Mezolit va neolit davrlarida Vichegda va Pechora havzasiga jan. dan kelgan qabi-lalar joylashib borgan. 2-ming yillikning boshida hoz. komi (ziryan) xalqi avlodlarining qabilaviy birliklari shakllandi. 11 —14-a. larga oid manbalarda vichegdalik permlar nomi eslatib oʻtiladi. Ular oʻrta va quyi Vichegda havzasida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻtroq hayot boshlanib, hunar markazlari vujudga kelgan. Vichegdalik permlar 12 — 14-a. lar davomida Novgorodga xiroj toʻlab turdi. 14-a. da Moskva knyazligining taʼsiri kuchaydi. 14-a. oxiridan aholi xristian diniga oʻta boshladi. 1478-y. Komi oʻlkasi rasmiy ravishda Rus davlati tarkibiga qoʻshib olindi. 15 — 18-a. larda muhim savdo yoʻllari (Vyatka-Kama havzasi — Arxangelsk va Velikiy Ustyug — Sibir) Komi oʻlkasi orqali oʻtardi. 18-a. da bir necha savdo markazi paydo boʻldi. Choʻyan quyish z-dlari, neft haydash korxonalari va h. k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a. ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon koʻtardi. 1918-y. yanv. —mart oylarida Komida shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1921-y. avg. da RSFSR tarkibida Komi (Ziryan) muxtor viloyati tuzildi, u 1936-y. da Komi muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990-y. suverenitet haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq, 1992-y. da K. Respublikasi maqomini oldi.

Xoʻjaligida ogʻir sanoat tarmoqlarining ulushi katta: elektroenergetika, koʻmir, neft, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, oʻrmon sanoati yetakchi oʻrinda. Energetika-sini bir qancha issiqlik elektr st-yalari va Pechora GRES tashqil etadi. Yiliga oʻrtacha 10,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Yogʻoch, asosan, Vichegda, Pechora va Mezen havzalarida tayyorlanadi. Yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz sanoati barpo etilgan. Timan-Pechora neft-gaz konlari negizida neft va gazni qayta ishlash sanoati rivoj topgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari Sektivkar, Uxta, Nyuvchim, Inta, Shelyayurda joylashgan. Qurilish ashyolari koni (gʻisht, sement, ohak, temir-beton konstruksiyalar) i. ch. yoʻlga qoʻyilgan. Yengil sanoat korxonalari koʻn-poyabzal k-ti, tikuvchilik f-kalari va b. dan, oziq-ovqat sanoati sut z-dlari, goʻsht k-tlari, toʻz olish z-di, un k-ti, qandolat va makaron f-klaridan iborat. Asosiy sanoat markazlari: Sektivkar, Uxta, Vorkuta, Inta, Pechora.

K-x. sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda, shim. da bugʻu boqiladi. Komining jan.gʻarbida dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Ozuqabop ekinlar, kartoshka, sabzavot, gʻalla (javdar, arpa, suli) ekiladi. Q. x. aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi.

Respublikada t. y. (3,1 ming km) va avtomobil yoʻli (15,3 ming km) asosiy transporot turidir. Mikun — Uxta— Vorkuta t. y., Vuktil—Uxta-Torjok gaz quvuri, Usinsk—Uxta-Yaroslavl neft quvuri oʻtkazilgan. Asosiy avtomobil yoʻllari: Sektivkar—Yemva—Uxta, Ust-Vim—Yarensk, Aykino—Mikun, Uxta—Vuktil, Sektivkar—Ust-Kulom, Ust-Sisolsk — Troisko-Pechorsk. Yuk tashishda suv transporti, yoʻlovchi tashishda havo transporti muhim rol oʻynaydi. Sektivkar, Uxta, Pechora, Vorkutada aeroportlar bor.

Tibbiy xizmat. Komida aholiga 5 mingga yaqin vrach, 12 mingdan koʻproq oʻrta tibbiyot xodimi xizmat koʻrsatadi. 200 dan koʻproq ambulatoriya-poliklinika, 29 sanitariya-epidemiologiya st-yasi, 500 ga yaqin feldsherlik-akusherlik muassasasi, Seryogovo balneologiya kurorti, sanatoriylar bor.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Komi dagi 592 kunduzgi umumiy taʼlim maktabida 196 ming, 20 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 15 ming oʻquvchi, 3 oliy oʻquv yurti (Sektivkar un-ti, ped. in-ti, Uxtadagi industrial in-t)da 11 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Komida Rossiya FA Ural boʻli-mining Komi ilmiy markazi, Pechora koʻmir i. t. in-ti, Komi tibbiyot in-ti, q. x. tajriba st-yasi va b. ilmiy muassasa hamda loyihakonstruktorlik tashqilotlari mavjud. Komida madaniyat uylari, ommaviy kutubxonalar, 4 teatr, 5 muzey, sport maktablari bor. Respublika radio va televideniyesi, Sektivkar, Vorkuta va Uxtada telemarkazlar ishlaydi.

Adabiyoti. Qad. xalq ijodiyoti: qoʻshiq, ertak, afsona, rivoyatlarda komilar turmushi va qalbi ifodalangan. Komi yozma adabiyotiga shoir I. A. Kuratov (1839—75) asos solgan. U oʻz sheʼrlarida xalqning ogʻir chayoti va orzu-umidlarini aks ettirgan. 20-y. larda poeziya va dramaturgiya yetakchi janrlarga aylandi. A. V. Savin, M. N. Lebedev, V. I. Litkin, V. T. Chistalev va b. yozuvchilar xalq ogʻzaki ijodi va rus adabiyoti anʼanalariga tayanib ijod qildi. Shoirlar xalq jasorati va ona yurt tabiatini kuyladi. 20-y. larning 2-yarmida proza yetakchi janr boʻlib qoldi. 30-y. larda Komi adabiyoti yanada ravnaq topdi. Yirik nasriy asarlar — qissa va romanlar (G. A. Fyodorovning «Qishloq tongi», I. V. Izyurovning «Timka brigadasi» va b.) paydo boʻldi. Komi yozuvchilarining koʻpi 2-jahon urushida qatnashdi. S. A. Popov, I. M. Vavilin, N. M. Dyakonov kabi yosh yozuvchlar jangchilar jasoratini va front orqasidagi mehnatni ulugʻlagan asarlar yaratdi. Keyingi yillarda xalqning oʻtmish va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi «Tundra chiroqlari» (V. V. Yuxnin), «Ikki dust» (Ya. M. Rochev), «Tongda» (G. A. Fyodorov) va b. romanlar yaratildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Respublika hududida mezolit davriga oid geometrik naqshli yogʻoch va tosh asboblar, turli rasmlarga boy shisha idishlar, suyak buyumlar topilgan. Respublikaning oʻrmonga boyligi yogʻoch meʼmorligining rivojlanishiga imkon berdi. Ibodatxonalar yogʻoch va toshdan ishlangan (18-a.). Susol va vim uslubidagi uylar goʻzal va ifodali. 19-a. da 1—2 qavatli, baland poydevorli serqasham va yogʻoch uylar qoʻproq qurilgan. Tomi ikki tomonga nishab qilingan. Derazalari oqqa boʻyalgan, ustki taxtasi hashamdor qilib yasalgan. 20-a. da Sektivkarda qurilish ishlari avj oldirildi. Vorkuta (1943), Uxta (1943), Pechora (1949) va b. shaharlar barpo etildi, 5—9 qavatli gʻishtin va yirik panelli uylar, koʻplab jamoat binolari va b. qurildi.

Komi xalq sanʼati, asosan, kiyim va roʻzgʻor buyumlarini tayyorlashdan boshlangan. Har bir joyning sevimli ranglari bor: jan. da ayol bosh kiyimlari va koʻylaklari juda mayda zich kashtali qilib, koʻpincha, qizil va qora rangda tikiladi. Shim. da moʻynali kiyimlar, koʻlqoplar, sumkalar qizil, koʻk, yashil rangdagi movut parchalari bilan «mozaika» usulida bezatiladi. Qayin poʻstlogʻidan turli buyumlar toʻqish keng rasm boʻlgan. Professional tasviriy sanʼati 20-a. ning 20-y. larida paydo boʻldi. V. V. Polyakov asos solgan kitob grafikasi, plakat va gaz. suratkashligi M. P. Beznosov, V. P. Malaxov, V. A. Bausovlar tomonidan rivojlan-tirildi. 40-y. larda tarixiy mavzuda manzara va rasm chizish (V. G. Postnikov), portretlar yaratish (M. P. Beznosov) avj oldi. 40—50y. larda dastlabki syujetli rasmlar va portretlar yaratildi. Haykaltaroshlik, oʻymakorlik sanʼati paydo boʻldi. Keyingi yillarda sanʼatning barcha tarmoqlari ravnaq topdi. Xalq hunarmandchiligi turlarida yogʻoch oʻymakorligi, yogʻochsozlik, moʻynachilik, kashtachilik, koʻnchilik, kulollik, toʻqimachilik rivoj topgan.

Musiqa folklori qoʻshiq janridan iborat. Qad. Komi qoʻshiqlari past pardalarda ravon aytiladi. Keyingi davr qoʻshiklari keng diapazonda ijro etilishi bilan ajralib turadi. Yakkaxon va xor (odatda, 2 va 3 ovozli) ijrochilik sanʼati tarqalgan. Cholgʻu asboblaridan uch torli sugudek (kamonli va chertma), 4—7 torli brungan (katta hajmdagi urma soz), puflab chalinadigan orkestr asboblaridan chipsan, pelyan va b. bor. Ular ichida balalayka va garmon salmoqli oʻrin tutadi.

Professional musiqa sanʼati 20a. boshlarida paydo boʻldi. 40-y. larda dastlabki milliy musiqali dramalar yaratildi (A. A. Voronsovning «UstKulom qoʻzgʻoloni» asari va b.). 60-y. larda milliy opera («Ust-Kulom osmonida momaqaldiroq») va balet («Yag-Mort») yuzaga keldi.

Komida respublika musiqali teatri, filarmoniya, ashula va raqs ansambli, musiqa bilim yurtlari, bolalar musiqa maktablari bor.


Lotin alifbosida maqola: KOMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
YEVROPA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты