MAMADALIMOV Abdugʻafur Teshaboyevich

MAMADALIMOV Abdugʻafur Teshaboyevich (1947.1.2, Andijon) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1985), prof. (1989). ToshDU ni tugatgan (1969). Oʻzbekiston FA Fizikatexnika in-tida, Polimerlar kimyosi va fizikasi in-tida, Issiklik fizikasi boʻlimida ishlagan (1969—94). OʻzMU prorektori (1994-98), 1989-y. dan OʻzMU prof. Ilmiy ishlari chuqur sathli yarimoʻtkazgichlar va elektroʻtkazuvchan polimerlar fizikasiga oid. Yarimutkazgichlarda chuqur markazlar parametrlarini aniqlashning yangi uslublari — induksiyalangan fotosigʻim, past t-rali fotoelektrik va issiklik fizikasi spektroskopiyalarini yaratgan hamda ularni amalda joriy qilgan, «tabiiy polimer tolalar elektrofizikasi»ga asos solgan. Chuqur sath hosil qiluvchi kirishmalar bilan legirlangan kremniy, paxta va ipak tolalari asosida yangi turdagi elektron asboblar — haroratni, namlikni, yorugʻlikni sezuvchi asboblar, yarimoʻtkazgichli S-diodlar yaratishning fizik asoslarini taklif etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).

As: Teplofizika kremniya, T., 1990; Spektroskopiya glubokix sentrov v poluprovodnikax, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: MAMADALIMOV Abdugʻafur Teshaboyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
KIMYO
FIZIKA
FRANSIYA
ELEKTRONIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты