KOMMUNAL XOʻJALIK

KOMMUNAL XOʻJALIK — shahar, shaxarcha va qishloq aholisiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, xizmatlar va xoʻjaliklar majmui. Shaharlarda shahar xoʻjaligi tarkibiga kiradi. Koʻpgina shahar va shaharcha K. x. korxonalari sanoat korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va b. bilan taʼminlaydi. Mahalliy sharoitlarga qarab sanoat korxonalarining kommunal maqsadlardagi oʻz inshootlari barpo etiladi.

Kommunal xoʻjalikning taraqqiyot darajasi va faoliyati aholining farovonligiga, turmush sharoitiga, suv hamda havoning tozaligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Kommunal xoʻjalikga quyidagilar kiradi:

1) sanitariya-texnika korxonalari — vodoprovodlar, kanalizatsiya, aqoli yashaydigan joylarni tozalash bilan shugʻullanuvchi korxonalar, kir yuvish korxonalari, hammomlar va suzish-choʻmilish hovuzlari;

2) transport korxonalari — shahar passajir transporti (metropoliten, tramvay, trolleybus, osma yoʻllar, avtobus hamda taksilar), mahalliy suv transporti;

3) energetika korxonalari — elektr, gaz va issiqlik taqsimlovchi tarmoqlar, issiqlik elektr markazlari, isitish-bugʻ qozonlari va elektr styalari, aholi yashaydigan joylarga xizmat koʻrsatuvchi gaz z-dlari. Shuningdek, yoʻl va trotuarlar, koʻpriklar, yer osti qamda yer usti oʻtish yoʻllari, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, koʻcha chiroklari, mehmonxonalar, yerdan foydalanish, imoratlar va inshootlarni inventarlash xizmatlari, uy-joy fondiga xizmat koʻrsatadigan taʼmirlash, qurilish tashqilotlari, mozorlar, krematoriylar ham Kommunal xoʻjalik tarkibiga kiradi.

20-a. boshlarigacha Oʻzbekiston K. x. umumdavlat xoʻjaligi tarmogʻi sifatida shakllanmagan edi. Aholi ichish uchun buloq, quduq, oqar suvlar (anhor, ariklar)dan foydalangan. Shaharlardagi dahalarning xar bir mahallasida kattakichik hovoʻzlar boʻlgan. Mahalliy aholi yashaydigan uy-joylar qishda faqat sandal (tancha) bilan isitilgan.

20-a. ning 20-y. laridan obodonchilik tadbirlari shaharlar rivojlanishining bosh rejasi boʻyicha olib borildi, har bir tumanda kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tashqil etildi. Keyingi oʻn yilliklar davomida Oʻzbekistonda Kommunal xoʻjalik yirik sohaga aylandi, sanoat i. ch. ning rivoji va aholining tez oʻsishiga bogʻliq holda ildam surʼatlar bilan rivojlandi. Qishloq joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ishlari yoʻlga qoʻyildi, shaharchalar, eksperimental agroshaharlar koʻplab qurildi.

Oʻzbekistonning koʻp tarmoqli Kommunal xoʻjalik tarkibida uy-joy xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish va uni asrash, suv taʼminoti va kanalizatsiya, issiqlik va gaz taʼminoti, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shugʻullanuvchi sanitariya-texnika tashqilotlari, shahar yoʻlovchilar tashish elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xoʻjaligini obodonlashtirish, sanoat, taʼmirlash-qurilish, loyihalash korxonalari, tashqilotlari va b. mavjud.

Respublika K. x. da umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,4 mln. m3 ichimlik suvni olish kuchiga ega boʻlgan inshootlar, 17245 km uzunlikdagi suv oʻtkazgich shoxobchalari va suv oʻzatgich (vodovodlar), bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m3 chiqindi suvlarni tozalash kuchiga ega boʻlgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizatsiya shoxobchalari, bir soatda 6035 Gkal issiqlik berish quvvatiga ega boʻlgan isitish qozonxonalari, 3716 km issiqlik tarmogʻidan foydalanilmoqda (2001).

Oʻzbekiston Respublikam Prezidentining 1993 i. 15 yuldagi «Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq, viloyatlar va Toshkent sh. da hududiy Kommunal xoʻjalik va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996-y. ning boshida respublika Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida 345 korxona va inshoot xususiylashtirildi, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari negizida 20 aksiyadorlik jamiyati barpo etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-y. 18-dek. dagi «Kommunal xizmatini boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida» Farmoni asosida Respublika Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tugatildi va «Oʻzkommunxizmat» agentligi tashqil etildi.

Shahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan taʼminlash, shuningdek, ichimlik suvi sifatini yaxshilash maqsadida 1988—95 y. larda sutkasiga 381 ming m3 ichimlik suvi yetkazib beradigan vodoprovod shoxobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, Jizzax, Termiz, va b. shaharlarda). 90-y. larda Tuyamoʻyin — Urganch, Tuyamoʻyin — Nukus, Damxoʻja va b. suv quvurlari foydalanishga topshirildi. Respublikada vodoprovod tizimining umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln. m3 (1990-y. da — 10,5 mln. m3), koʻcha vodoprovodlari yakka tarmogʻini oʻz. 56231,5 km (1990-y. da — 24204,3 km)ga yetdi.

Uy-joylarni obodonlashtirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qalʼasi, Toshkentdagi Qoratosh hammomi xarobasidan) sopol quvurli tazar (kanalizatsiya) qoldigʻi topilgan. Aholi, asosan, kir oʻralar, xaniqlardan foydalangan. 20-a. oʻrtalaridan kanalizatsiya tarmogʻi kengaya bordi. Kanalizatsiya-tozalash inshootlarining bir kecha-kunduzdagi kuvvati esa 3,7 mln. m3 ni tashqil etadi. 1992-y. dan respublika shahar va ayniqsa, qishloqlarini gazlashtirish ustuvor davlat siyosatiga aylandi. 1991 — 2001-y. larda aholi gaz isteʼmoli 3,6-marta koʻpaydi va 17 mlrd. m3 ga yetdi (1990-y. da 4,7 mlrd. m3). 3,6 mln. xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlandi (2001). Respublikada jami gaz tarmoqlari oʻz. 103 ming km ni tashqil etdi.

Respublika kommunal xoʻjaligining yana bir muhim tarmogʻi — shaxar, shaharcha va tuman markazlari sanitariya holatini yaxshilash, qattiq va quyuq chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻish va ularni chiqindi maydonlariga olib borib zararsizlantirishdir. Bu xizmat 113 shahar, 97 shaharchada yoʻlga qoʻyilgan. Umumiy mayd. 930 ga boʻlgan 173 chiqindilar zararsizlantiriladigan maydonlar bor. Yiliga 11 mln. m3 qattiq va 5 mln. m3 dan ortiq suyuq chiqindi yigʻiladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va mexanizmlar (koʻcha supuradigan, suv sepadigan, axlat tashiydigan, kanalizatsiya va kir oʻralarni tozalaydigan va b.) orqali chiqindixonalarga tashiladi. Yirik shaharlar — Andijon, Buxoro, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Fargʻona va b. da maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor.

Kommunal xoʻjalik uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar Fargʻona politexnika, Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari in-tlarida va Toshkent agrar un-tida, Toshkent kommunal-qurilish, Toshkent mehmonxona xoʻjaligi, Fargʻona politexnika kollejlarida tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: KOMMUNAL XOʻJALIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KANALIZATSIYA
ROSSIYA
AVTOMOBIL TRANSPORTI
ENERGETIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты