KOMPLEMENT

KOMPLEMENT (lot. complementum — toʻldiruvchi, qoʻshimcha) — odam va barcha umurtqali xayvonlar qonidagi oʻzaro taʼsirlashuvchi termolabil oqsil va glikoproteinlar majmui; tabiiy immunitetnmng muhim omili. Bu oqsillar yalligʻlanish jarayonlarida ishtirok etib, organizm uchun yot hujayra va mikroorganizmlarni parchalashda (lizis) katnashadi. Komplement terminini fanga P. Erlix kiritgan, lekin ungacha J. Borde kon zardobidagi bakteritsid taʼsir etuvchi moddani alleksin (lot. alexina — mikroorganizmlardan himoya qiluvchi tanachalar) deb atagan. Komplement tartibi 20 ta makromolekulalardan tuzilgan, lekin bu sistemaning asosiy qismi 11 ta oqsildan iborat boʻlib, qolganlari kuchaytiruvchi va susaytiruvchi fermentlardir.

Komplement — yalliglanish reaksiyasining asosiy gumoral komponenti boʻlib, uning mahsulotlari xemotoksin va anafilatoksinlar fagotsitoz, almashinuv jarayonlari va krnning ivishiga taʼsir koʻrsatadi. Shu bilan birga Komplement tartibida immun javobni nazorat qiluvchi muhim omillar qam bor.

Komplement tartibining faollashishida klassik va alternativ yoʻl farklanadi. Klassik yoʻlda antitelo mikroorganizm yoki hujayra antigeniga birikib, konformatsiyasini oʻzgartirganidan soʻng, unga komplementning birinchi komponenti (S1) qoʻshiladi. Komplementning faollashishida IgM va IgG sinf antitelolardan tuzilgan immun birikmalar katnashadi. Hosil boʻlgan immun kompleks+komplementning S1 komponentiga S4, S2, SZ, S5, S6, S7, S8 va S9 komplementning komponentlari ketmaket birikib, membranani buzuvchi kompleks hosil qiladi.

Komplementning alternativ yoʻl bilan faollashishi uchun bakteriyalar hujayra devoridagi polisaxarid va lipopolisaxarid (LPS), viruslarning ustki qismi antigenlari, IgA va IgE dan tuzilgan immun birikmalar, ulardan tashqari properdin, V va D omillar kabi zardob oqsillari boʻlishi zarur. Sanab oʻtilgan omillar birikkandan soʻngularga komplementning SZ, keyin S5, S6, S7, S8, S9 komponentlari ketma-ket birikadi. Hosil boʻlgan membranani buzuvchi kompleks membrana butunligini buzishi hisobiga hujayra halok boʻladi. Komplement larning koʻp qismini monotsit va makrofaglar sintez qiladi. Ularning 90% jigarda ishlab chiqariladi. Qonning bakteritsidlik xossasi qisman Komplement tufaylidir. Komplement preparatlaridan antigen-antitelo komplekslarini aniqlashda (mas, baʼzi infeksion kasalliklarga tashhis qoʻyishda) foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KOMPLEMENT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUJAYRA
IMMUNOLOGIYA
HUJAYRA NAZARIYASI
IMMUN STATUS
IMMUNITET


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты