KOMPOT

KOMPOT (frans. compote) — 1) qoqi va hoʻl mevadan qaynatilib tayyorlanadigan yaxna ichimlik. Turshak, togʻolcha, olma va b. mevalar qoqisidan Kompot tayyorlash uchun meva sovuq suvda yuvilgach, kostryulkaga solib, suv quyiladi va qopqogʻi yopib qaynatiladi. 1 kg qoqiga 2 l suv kifoya. Yangi mevadan Kompot tayyorlashda meva poʻsti artilib, parrak-parrak qilib toʻgʻraladi, shakarli suvga solinib 10—15 min. qaynatiladi (1 l suvga 500 g meva, 200 g shakar);

2) mevalardan tayyorlanadigan konservalar. Dastlab shakardan 30—50% li Kompot sharbati tayyorlanadi (30% li qiyom uchun 300 g shakar va 700 g suv). Olma Kompot uchun tanlangan olmani sovuq suvda yuvib, butunligicha yoki 4—8 boʻlakka boʻlinib, chovliga solinadi va qaynoq suvda 3 min. pishib, suvi sirqitiladi, bankaga solinib, ustidan 35% li qaynoq sharbat quyiladi. Soʻngra banka qopqogʻi yopilib, yogʻoch panjara (taglik) oʻrnatilgan kostryulkada sterilizatsiya qilinadi. 5 kg olma uchun 1,75 kg shakar, 4,25 l suv kerak. Sterilizatsiya muddati: suv qaynab chiqqandan soʻng har 1 l banka hajmi uchun 20 min., soʻng banka qopqogʻi qopqoq yopadigan mashinka bilan mustahkam yopiladi va toʻntarilgan holda sovitiladi.


Lotin alifbosida maqola: KOMPOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda olma ko`rsa nima bo`ladi.
STERILIZATSIYA
YER
MURABBO
VINOCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты