KOMPYUTER OʻYINLARI

KOMPYUTER OʻYINLARI — kompyuter yordamida oʻynaladigan koʻngilochar oʻyinlar va boshqotirma ermaqlar. Oʻyin maydoni kompyuter orqali boshqariladi yoki displey va televizor ekranida namoyon boʻladi. Turli oʻyinlar (mas, avtomobilni boshqarish, tennis, futbol oʻynash va b.) ning kechishi va vaziyatlari modellari (dasturlari) tuzilib, Kompyuter oʻyinlari shular asosida tashqil qilinadi. Modelda oʻyinga jalb qilingan obyektlar va ular orasida boʻlishi mumkin boʻlgan munosabatlar aks etadi. Mas, bir oddiyroq oʻyin saviyasidan yuqoriroq oʻyin saviyasiga oʻtish shartlarini oʻz ichiga olgan oʻyin qoidalari ishlab chiqiladi. Kompyuter oʻyinlari «jokli» ravishda rivojlanib va murakkablashib borishi, yaqqolligi va vaziyatlarning son-sanoqsizligi b-n boshqa oʻyinlardan ajralib turadi. «Oʻyinchoqlar»ning mahorati va koʻnikmalari oshgan sari K. oʻ. qiziqarli va mazmunliroq boʻlib boradi.


Lotin alifbosida maqola: KOMPYUTER OʻYINLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FUTBOL
TOSHKENT
FRANSIYA
TENNIS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты