KONGO

KONGO, Zair — Ekvatorial Afrikadagi daryo. Oʻz. 4320 km, havzasining mayd. 3691 ming km2, yillik suv sarfi 1450 km3. Sersuvligi jihatidan Afrikada 1-, dunyoda 2-, 3-oʻrinlarda (Amazonka va Paranadan keyin). K. Katanga qirlaridan 1430 m balandlikdan boshlanadi va Boyoma sharsharasigacha Lualaba deb ataladi. Daryo Atlantika okeaniga quyiladi. Yirik ir-moqlari: oʻngdan Lufira, Luvua, Aukuga, Aruvimi, Itimbiri, Mongala, Ubangi, Sanga; chapdan — Lomami, Lulonga, Ruki, Kasai. K. irmoqlari orqali Mveru, Bangveulu, Tanganika koʻllari b-n, Roʻzizi daryosi orqali Kivu koʻli bilan tutashgan. Kongoning Lualaba qismi yassitogʻlik va platolar orasidan, Boyoma sharsharasidan Kinshasa sh. gacha (1700 km) tekislikdan oqadi. Kinshasa bilan Matadi sh. lari orasida 70 ga yaqin ostona va sharsharalar (Livingston ostonalari) hosil qilgan. Matadidan oʻtgach, dengiz boʻyi pasttekisligida oqadi (bu yerda daryo oʻzanining kengligi 1—2 km, chuqurligi farvaterida 25— 30 m). Estuariysining kengligi oʻrta qismida 19 km. Kongo, asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 46 ming mʻ/sek. (maksimal 75 ming mʻ/sek., minimal 23 ming m3/sek.). Quyi va oʻrta oqimida may— iyunda va noyab. — dek. da, yuqori oqimida noyab. — dek. da suvi koʻpayadi. Daryo yiliga 50 mln. t oqiziq keltiradi. Kongo va uning irmoqlaridagi suv yoʻllarining oʻz. 20 ming km. Gidroenergiya zahirasiga boy. Kongo va uning irmoqlarida baliqning koʻplab turi yashaydi. Kongo havzasida yirik daryo va koʻl portlari: Bukama, Kongolo, Kabalo, Kisangani, Kinshasa, Brazzavil; dengiz portlaridan — Matadi, Boma va Banana joylashgan. Kongoning kuyilish yerini 1482-y. da portugaliyalik dengizchi D. Kan, Lualabani 1771-y. da D. Livingston, Kongoning koʻp qismini 1876—77 y. larda G. Stenli tadqiq qilgan.


Lotin alifbosida maqola: KONGO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AFRIKA
YER
AMUDARYO
ATLANTIKA OKEANI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты