KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ — asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati in-tlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qoʻllanadi.

Konstitutsiyaviy huquqning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning boʻlinishi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro huquq normalari, Oliy vakillik, ijro etuvchi hokimiyat, mahalliy vakillik va konstitutsiyaviy sud hujjatlari va h. k. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq manbalari: OʻzRning Konstitutsiyasi, OʻzRning xalqaro shartnomalari, OʻzR Konstitutsiyaviy qonunlari, OʻzR qonunlari, OʻzR Konstitutsiyaviy sudi qarorlari, OʻzR Oliy Majlisi qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mahalliy davlat hokimiyati normativ hujjatlari, OʻzR va uning subyekti oʻrtasidagi kelishuvlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari.

Konstitutsiyaviy huquq, ayni vaqtda, Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, jamiyatdagi oʻrni haqida maʼlumot beruvchi fan hamdir. Kengroq maʼnoda, u konstitutsiyaviy in-tlar haqidagi tasavvur va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar hamda qonunchilikni rivojlantiruvchi qarashlar tizimidir. Bu fan konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarga baho beradi, konstitutsiyaviy intlarni oʻrganadi, muammolarni aniqlab, ularni hal kilish yoʻllarini koʻrsatadi.

Abdujabbor Toʻlaganov.


Lotin alifbosida maqola: KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
DAVLAT HUQUQI
ROSSIYA
MAʼMURIY HUQUQ
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты