KONSTRUKTIV MANTIQ

KONSTRUKTIV MANTIQ (lot. constructo — tuzish, qurish, yasash) — matematik mantiqdagi yoʻnalish. Asoschilari: L. Brauer, G. Veyl, A. Geyting va b. Chekli koʻp obyektlarga mansub boʻlgan prinsiplarni cheksiz koʻp obyektlarga qoʻllashni inkor etadi (mas, butunning qismdan kattaligi haqidagi qoida). Cheksizlik tushunchasi klassik (anʼanaviy) mantiq va Konstruktiv mantiqda turlicha talqin etiladi. Klassik mantiq cheksizlikni tugal mavjud deb, Konstruktiv mantiq esa nooshkor shakllanayotgan deb qaraydi. Konstruktiv mantiq uchun obyektlar va umuman mantiqiy matematik nazariyalarni induktiv tuzish (konstruksiyalash) xarakterli. Ayrim olimlar Konstruktiv mantiq prinsiplariga asoslanib, hoz. zamon matematik mantiq va mat. ning asosiy natijalarini qayta koʻrib chiqishga urinmoqdalar.


Lotin alifbosida maqola: KONSTRUKTIV MANTIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
KONSTRUKTIV MATEMATIKA
FIZIKA
YER
MANTIQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты