MANDARIN

MANDARIN (Citrus reticulata) — rutadoshlar oilasining sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxtlar va butalar turi; mevali ekin. Yovvoyi turlari maʼlum emas. Mandarin subtropik va tropik (Yaponiya, Xitoy, Ispaniya, Meksika va b.) hududlarda ekiladi.

Vatani — Xitoy. Oʻzbekistonda 20-a. ning 70-y. laridan maxsus issikxona va transheyalarda payvanddan oʻstirilgan past boʻyli navlari yetishtiriladi. Bu navlar mart oyida gullab okt. da mevasi pishadi. 5—6 yoshda bir tupi 40 kg meva beradi. Mandarin — doim yashil daraxt, bal. 3 m ga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2—3 oʻsish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib usadi, barglari uzunchoqtuxumsimon, toʻq yashil, gullari oq mayda, ikki jinsli, xushboʻy. Mandarin may—iyun oylarida gullaydi, mevasi okt—noyab. da pishadi. Mevasi yassi dumaloq, baʼzan yapaloq, yuzasi biroz gʻadir-budir, poʻsti qalin, zargʻaldoq, urugʻi mayda. Sharbati nordonshirin. Eti toʻq sariq, sersuv, 8—10 pallali, vazni 60—80 g. Sharbati tarkibida 2,87—10,5% qand, 0,95—1% kislota (asosan, limon kislota), 25 mg % vitamin S va b. mavjud. Pustila pektin moddasi, efir moyi va glikozidlar mavjud boʻlib, qandolatchilik sanoatida va efir moyi olishda ishlatiladi. Mandarin sovuqqa chidamli: —6,5° da barglarini, — 12° da daraxtini sovuq uradi. Ohak va gumusga boy tuproklarda yuqori hosil olinadi. Mandarin asosan, payvand yoʻli b-n koʻpaytiriladi (asosan, trifoliatga payvand qilinadi). Koʻchatlar orasi 3—5 m, qator orasi 5—6 m qilib kech kuz va erta bahorda ekiladi. Yezda qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi. Mandarin daraxtiga yosh paytida toʻgʻri shakl berilsa, hosildorlik yuqori boʻladi. 10—12 yillik daraxtlardan 1 gektardan 500 s hosil olinadi (bir tupi 30—70 kg meva beradi). Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi (murabbo, jem, sharbat) tayyorlanadi (q. Sitrus oʻsimliklar).

Kasalliklari : fitoftoroz, kalmaraz, antraknoz.

Zararkunandalari: tillarang va qizil kana.

Rixsivoy Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: MANDARIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
MEKSIKA
YER
ANOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты