KONSTRUKSION MATERIALLAR

KONSTRUKSION MATERIALLAR — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tu-shadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexaniq va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall Konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; boʻlardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va b. ham Konstruksion materiallarga taalluqli. Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori t-ralarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi. Konstruksion materiallarning mexaniq xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va b.) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi. Metall Konstruksion materiallarga termik ishlov berib, ularning plastikligi oshiriladi. Katta nagruzkada ishlaydigan detallar qayta eritilgan poʻlatlardan tayyorlanadi. Mashinasozlikda tirsakli val, tishli gʻildiraklar va 1200° gacha t-rada ishlovchi detallar tayyorlashda choʻyan keng qoʻllaniladi. Nikelli va kobaltli krtishmalar 1000 — 1100° gacha t-rada mustahkamligini saqlaydi; ular aviatsiya va raketa dvigatellari tayyorlashda, alyuminiy qotishmalari (mustahkamligi 550—750 Mn/m2) samolyot, vertolyot, raketa korpuslarini tayyorlashda qoʻllaniladi. Titan krtishmalarining mustahkamligi 1600 Mn/m2 dan ortiq boʻlib, kompressor, aviatsiya dvigatellari, tibbiyot asboblari yasashda ishlatiladi.

Metallmas Konstruksion materiallarga beton, oʻtga chidamli materiallar, plastmassalar, shisha, sopol, rezina va yogʻoch materiallar kiradi. Ular samolyotsozlik, raketasozlik, mashinasozlik, radiotexnika va kemasozlikda qoʻllaniladi. Kompozitsiyey Konstruksion materiallar: ip, sim, ipsimon kristallar, qiyin eriydigan birikma va b.


Lotin alifbosida maqola: KONSTRUKSION MATERIALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TITAN
YER
KUKUN METALLURGIYASI
CHOʻYAN
MAGNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты