MANTIQ

MANTIQ, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda Mantiq falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida Mantiq masalalari dastlab Parmenidning «Tabiat toʻgʻrisida» asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristo-/iyelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritnnt mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib Mantiq oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika» nomli asarlari Mantiq masalalariga bagʻishlangan. Aristotel Mantiqni «maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi» fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng Mantiq, asosan, stoiklar maktabi vakillarining, Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar Mantiqning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham Mantiq ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va Mantiq mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Forobiy oʻzining «Mantiqqa kirish», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarlarida Mantiq masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, Mantiq insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning «Kitob ashshifo», «Kitob annajot», «Donishnoma» asarlarida Mantiqga doyr fikrlari bayon etilgan. «Mantiq bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir», degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning Mantiqga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning Mantiqga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida Mantiq masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati do-irasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnis va b. M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-a. lar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa Mantiq shaklida mavjud, uning oʻrganish obyektini tafakkur tashkil etadi. Mantiqning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.

Mantiq tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonunqoidalar yigʻindisini oʻrganadi. Mantiqning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. Mantiq ilmining oʻrganish obyekti tafakkur tr – Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va b.)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb ataladi (q. Isbot). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (q. Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Yetarli asos qonuni, Uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi Mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (q. Induksiya, Deduksiya) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.

Hoz. paytda Mantiqning formal Mantiq, dialektik Mantiq, matematik Mantiq kabi yoʻnalishlari bor. Formal Mantiq tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik Mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik Mantiq tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hoz. zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-a. da noanʼanaviy Mantiqning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Ya. Lukasevich, Geyting, Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va sh. k.), konstruktiv Mantiqlar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal Mantiq kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.

Oʻzbekistonda Mantiq masalalari bilan dastlab M. M. Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va b. M. ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.

Ad.: Xayrullayev M. M., Haqberdiyev M., Logika, T., 1984; Sharipov M., Fayzixoʻjayeva D., Mantiq (maʼruzalar matni), T., 2001.


Lotin alifbosida maqola: MANTIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOROBIY
FALSAFA
YUNONISTON
IBN SINO
ARISTOTEL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты