MANTIQIY XULOSA

MANTIQIY XULOSA — bir va un dan ortiq chin mulohazalardan maʼlum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarish. Xulosa chiqarish jarayoni asoslardan xulosaga mantiqan oʻtishdan tashkil topadi. Mantiqiy xulosa chikarish uchun asoslar chin boʻlishi, bir-biri hamda xulosa bilan mantiqan bogʻlangan boʻlishi shart. Xulosa asoslari bilan xulosaning mantiqan bogʻliq boʻlishi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan boʻladi. Mantiq ilmida fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish va analogiya (oʻxshatish) orqali xulosa chiqarish turlari oʻrganiladi. Mantiqiy xulosa chiqarishning har bir turiga xos boʻlgan qoidalar mavjud boʻlib, ularning buzilishi xulosaning xato boʻlishiga olib keladi (yana q. Mantщiy xatolar).


Lotin alifbosida maqola: MANTIQIY XULOSA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MANTIQ
TOSHKENT
FOROBIY
YER
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты