MANFIY TEMPERATURA

MANFIY TEMPERATURA — oʻzgarmas umumlashgan koordinata f. da ichkin energiya Ye oʻzgarishiga qarab entropiya S oʻzgarishi manfiy («^ZT/ statistik fizika va kvant mexanika qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Manfiy temperatura li tizimni 1951-y. da amerikalik fiziklar Ye. Parsell va R. Paund kuzatganlar. Agar kristall kuchli magnit maydonga joylashtirilsa, yadro spinlari qisman maydon yoʻnalishi boʻyicha yoʻnaltiriladi. Bunda t-ra ortishi bilan yoʻnaltirilish kucheizlanadi va yetarli darajada yuqori t-ra (T—>+°°) da kuchli maydon bulsada, yoʻnaltirilish yoʻqoladi va tizim chegaralangan katta energiya zaxirasiga ega boʻladi. Chegaralangan energiya qiymatidan kattaroq energiyani tizimga kiritish davom ettirilsa, hamma yadro spinlar yoʻnalishi maydon yoʻnalishiga qarama-qarshi boʻlgan holat yuzaga keladi. Bu holat Manfiy temperatura li boʻladi. Manfiy temperatura li tizim sunʼiy holda olinadi. Mutlaq nol t-raga erishish mumkin emasligiga asoslanib, t-ra shkalasini quyidagi sxema boʻyicha ifodalash mumkin: +0K, +1, +2, …, – >, – ~,…, – 2, – 1K. Bu yerda mil traning ortish yoʻnalishini koʻrsatadi. Jism T=+0K da oʻta sovuq, T=—0K da oʻta issiq boʻladi. Manfiy temperatura tushunchasi radiofizikada kup uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: MANFIY TEMPERATURA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
YER
MAYDON KVANT NAZARIYASI
MAGNIT MAYDON
STATISTIK FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты