KONSENTRATSIYA

KONSENTRATSIYA [lot. con (cum) — birga va centrum — markaz] — biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. K i m yo d a — eritma yoki erituvchining maʼlum ogʻirlik mikdori yoki hajmida erigan modda mikdori. Konsentratsiya bir necha xil ifodalanadi: ogʻirlik Konsentratsiya, atom K., hajmiy Konsentratsiya, protsentli Konsentratsiya, normal Konsentratsiya, molyar Konsentratsiya, mol nisbat, mol protsent. Ogʻirlik Konsentratsiya — eritmadagi modda ogʻirlik mikdorining eritma umumiy ogʻirlik miqdoriga nisbatini, atom Konsentratsiya eritmadagi moddalar gramm-atomlar sonining eritmadagi umumiy gramm-atomlar soniga nisbatini, hajmiy Konsentratsiya eritmadagi modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbatini koʻrsatadi. Protsentli Konsentratsiya 100 g eritmada erigan moddaning g hisobidagi miqdorini, normal Konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning gramm-ekvivalentlar sonini, molyar Konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning gramm-molyar sonini, molyal K. 1000 g erituvchida erigan moddaning molyar sonini koʻrsatadi. Mol nisbatlar — agar eritmada birinchi moddadan p, mol, ikkinchi moddadan p2 mol boʻlsa, birinchi moddaning mol nisbati (konsentratsiyasi) N =■ moddaning mol nisbati ikkinchi V = ʻ 2 n +«2 boʻladi. Doimo N,+N2=l. Agar mol nisbat 100 ga koʻpaytirilsa, mol protsent olinadi. Eritmaning zichligi maʼlum boʻlsa, ogʻirlik ifodalanadigan konsentratsiya (% li K.) hajm bilan ifodalangan K. ga — normal, molyar K. ga oʻtishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: KONSENTRATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
G'ulomjon Yoqubov - L’italiano
Andrea Bocelli - Time to Say Goodbye
Shakira - Loca By Alejandra Guzmon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты