KONYUNKTIVIT

KONYUNKTIVIT — konyunktivaning yalligʻlanishi. Asosan, infeksiya (streptokokk, pnevmokokk va b.), fizik va kimyoviy moddalar tushishi (mas, qovoklarni hadeb boʻyash — ekzogen omil), umumiy infeksion kasalliklar (qizamiq, skarlatina, allergik yoki meʼda-ichak yoʻli kasalliklari — endogen omil), shuningdek, alkogolizm va b. sabab boʻladi.

Oʻtkir va surunkali Konyunktivit farq qilinadi. Oʻ t k i r K. kelib chiqishiga koʻra infeksion boʻlib, odatda, toʻsatdan boshlanadi. Koʻpincha, ikkala koʻz baravar sanchib ogʻriydi, achishadi, yosh oqadi, qovoq shishadi, ogʻirlashib, yumilib qoladi, bemor yoruqqa qaray olmaydi (q. Yoruqqa qaray olmaslik); koʻzdan yiring oqa boshlaydi, koʻz yorigʻi torayadi, koʻrish izdan chiqadi va h. k. Baʼzan Konyunktivit alomatlari roʻyi-rost koʻrinmaydi, grippga oʻxshab kechishi ham mumkin. Koʻpincha mikroblar va viruslar qoʻzgʻatadigan Konyunktivit yuqumli boʻladi. Shu bois, kasallik alomatlari paydo boʻlganda darhol koʻz vrachiga koʻrinish zarur. Surunkali Konyunktivit asta-sekin rivojlanadi. Unga turmushda, ish joyida sanitariya-gigiyena sharoitining yomon boʻlishi (chang, tutun, xonaning yaxshi shamollatilmasligi, kimyoviy moddalar hidi), kamqonlik, qandli diabet, moddalar almashinuvining buzilishi, tish, tomoq, burun kasalliklari, koʻzning gipermetropiya yoki astigmatizm tufayli zoʻriqib ishlashi, qovoq va koʻz yoshi yoʻli kasalliklari sabab boʻladi. Bunda bemorning koʻzi achishadi, yosh oqadi, qovogʻi qichishadi, sanchib ogʻriydi, goʻyo koʻziga qum qadalayotgandek boʻladi. Konyunktivit uzoq choʻziladi, dam bosilib, dam zoʻrayib turadi. Bemor faqat koʻz vrachi buyurgan dorilar bilan davolanishi kerak. Konyunktivitning oldini olish uchun shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya qilish zarur.


Lotin alifbosida maqola: KONYUNKTIVIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YORUQQA QARAY OLMASLIK
VIRUSLAR
INFEKSION KASALLIKLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты