KORTIKOSTEROIDLAR

KORTIKOSTEROIDLAR [lot. cortex (corticis) — poʻstloq] , adrenokortikosteroidlar — buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan ishlanib chiqadigan steroid gormonlar guruhi (q. Steroidlar). K. tarkibida 21 ta uglerod atomi bor. Barcha Kortikosteroidlar pregnan hosilalaridir. Organizmda xolesterjdan hosil boʻladi. Fiziologik taʼsiriga koʻra, 3 guruhga boʻlinadi:

1) organizmda, asosan, mineral almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron);

2) uglevodlar va oqsillar almashinuviga taʼsir etadigan moddalar — glyukokortikoidlar (kortizon, gidrokortizon, kortikosteron);

3) jinsiy gormonlarga oʻxshash taʼsir etadigan steroid moddalar (androgenlar va progesteron). Organizmda Kortikosteroidlar yetishmay qolganida Addison kasalligi (Bronza kasalligi), koʻpayib ketganda esa Isen-ko-Kushing kasalligi paydo boʻladi. Kortikosteroidlar preparatlari tibbiyotda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KORTIKOSTEROIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GORMONLAR
GLYUKOKORTIKOIDLAR
MINERAL
BUYRAK USTI BEZLARI
STEROIDLAR


Комментарии 1

Ali
KORTEKOSTEROID QABUL QILGANIMDAN K.N UZOQROQ MUDDAT IMUNITERIM KUTARILGANINI SEZDIM
8 марта 2023 12:48

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты