MARKAZIY BANK

MARKAZIY BANK — 1) mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSH Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki ja-hondagi eng yirik Markaziy banklar qatorida turadi.

2) Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-y. 15 fev. da kabul qilingan «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida» qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-y. 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi qonunida (1995-y. 21 dek.) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyuta ni tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisobkitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Markaziy bank ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Markaziy bank Oʻzbekiston Res-publikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Uzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi. Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Tosh-kent sh. da bosh boshqarmalarga ega. Markaziy bank huzurida alohida yuridik shaxs boʻlgan Axborotlashtirish Bosh markazi, Respublika Inkassatsiya birlashmasi, «Davlat belgisi» ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha i. t. muassasalari va oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. U oʻzining balans hisobvaraqlarida oltin va b. qimmatbaho metallarni, nakd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasidagi qimmatbaho qogozlarni oʻz ichiga olgan Uzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Markaziy bank Uzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, naqd pulsiz hisobkitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Markaziy bank Uzbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi, bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalaydi, faoliyatini nazorat kidali, kredit uyushmalari hamda lombardlarning faoliyatini tartibga soladi, ularga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi. Fayzulla Mullajonov.


Lotin alifbosida maqola: MARKAZIY BANK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
YAPONIYA
BUYUK BRITANIYA
GERMANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты