MARTEN ISHLAB CHIQARISHI

MARTEN ISHLAB CHIQARISHI — marten pechidya choʻyan, temirtersak va temir rudasidan poʻlat ishlab chiqaruvchi tarmoq; qora metallurgiyankt bir sohasi. 19-a. oxirida oldin Fransiyada, keyin Rossiyada tarqala boshladi, keyinchalik taraqqiy etgan mamlakatlarga yoyiddi. Oʻzbekistonda birinchi Marten ishlab chiqarishi 1944-y. da shakllana boshlagan (Bekobod metallurgiya z-dida 1944, 1945 va 1949-y. larda 3 ta marten pechi ishga tushirilgan). Marten ishlab chiqarishida ishlatiladigan xom ashyo (shixta) metall (suyuq va qattiq choʻyan, temirtersak, oksidlovchi va legirlovchi elementlar) hamda metallmas (temir rudasi, marten aglo-merati va flyus) tashkil etuvchilardan iborat boʻladi. Korxonaga keltirilgan qattiq xom ashyo pechda 1000—1200° da qizdiriladi, shundan soʻng pechga suyuq choʻyan quyiladi. Materiallar eri-yotganda qoʻshilmalar (fosfor, kremniy, marganes va b.) jadal ravishda oksidlanadi va shlak hosil boʻladi, qaynash jarayonida esa uglerod oksidlanib, poʻlat zarur kimyoviy tarkibiga erishadi. Soʻngra metall oksidsizlantiriladi va zarur boʻlsa legirlanadi (q. Legirlash). Tayyor suyuq poʻlat kovshlar va qoliplarga quyib olinadi. Pechning ish boʻshligʻi devorlari qanday materialdan terilganligiga qarab, marten jarayoni asos xarakterli va kislota xarakterli jarayonlarga bulinadi. Asos xarakterli jarayon kengroq tarqalgan, u amalda turli shixtali (jumladan, tarkibida fosfor va oltingugurt kup) materiallarni kayta ishlashga imkon beradi. Kislota xarakterdagi jarayon esa tarkibida gaz va metallmas aralashmalar kam va si-fatli pulat olishga imkon beradi. Xom ashyodagi metallarning tarkibi buyicha Marten ishlab chiqarishida quyidagi jarayonlar farq qilinadi: skraprudali jarayon (50 — 70% suyuq chuyan va 50—30% temirtersak eritiladi), skrapjarayon (xom ashyo — qattiq pulat va temirtersak), rudali jarayon (asosan, suyuq choʻyan ishlanadi), karbyuratorli jarayon (asosiy xom ashyo — temirtersak).

Marten ishlab chiqarishida yoqilgʻining yonishini va qoʻshilmalarning oksidlanishini tezlatish uchun maxsus qurilmalar yordamida pechga kislorod yuborib turiladi.

20-a. 70-y. lari oxiridan boshlab Marten ishlab chiqarishiga nisbatan kislorodli konvektor usulida poʻlat olish ancha unumli boʻlganligi tufayli keyingi usul va elektr pechlarda poʻlat eritish usuli koʻproq qoʻllanilmoqda (if. Konverter). Oʻzbekiston metallurgiya zavodila ham 1978-y. da elektr pulat eritish kompleksi ishga tushirilgan.

Ad.: Mirboboyev V. A. va b., Metallar texnologiyasi, T., 1971; Metallurgiya stali, Marten ishlab chiqarishi, 1973.


Lotin alifbosida maqola: MARTEN ISHLAB CHIQARISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ROSSIYA
DOMNA ISHLAB CHIQARISHI
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты