MARTEN PECHI

MARTEN PECHI — chuyan, temirtersak va temir rudasini kayta eritib poʻlat olinadigan alangali regeneratorli pech. Ikki asosiy qism: ustki kurilma va pastki qurilmadan iborat. Birinchi Marten pechi Fransiyada 1864-y. da qurilgan (1865-y. da ishga tushirilgan). P. Marten nomi bilan atalgan. Muqim (statsionar) va tebranma qismlarga bulinadi. Muqim Marten pechi ustki kurilma, ish bushligi va kallaklardan iborat. Kallaklar ish boʻshligʻining ikki tomonida joylashgan. Bu kiyem regeneratoraya oddindan qizdirilgan (1100 — 1200° da) gazeimon yonilgʻi va havoni galmagal berib turish va yonilgʻida ajraladigan mahsulotlar (gazlar) ni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. Pechning ish boʻshligʻida 1800° va bundan yuqori t-rada eritish jarayoni amalga oshadi. Xom ashyo (choʻyan, temirtersak, temir rudasi, flyus va b.) pechga maxsus mashinalarda odd devordagi tuynuk orqali solinadi. Tayyor poʻlat chiqarish teshigidan chiqarib olinadi.

Pastki qism ish paytida ajraladigan chang va shlaklarni yigʻadigan ikki juft shlakdon hamda yonish mahsulotlari issikligini toʻplab uzatiladigan gaz va havo regeneratorlaridan iborat.

Marten pechida gazsimon yonilgʻi (koksdomna gazi va tabiiy gaz), suyuq yoqilgʻi (mazut, smola) va koʻmir kukuni yoqiladi. Yonishni jadallashtirish uchun pechga kislorod b-n boyitilgan havo haydab turiladi. Tebranma Marten pechining ish boʻshligʻi sirtiga oʻtga chidamli gʻisht terilgan metall qutidan iborat boʻlib, poʻlat va shlakni chiqarish vaqtida uni maxsus mexanizmlar yordamida ogʻdirish mumkin.

Marten pechining tubi, devorlari va ish boʻshligʻining gumbazlari oʻtga chidamli materiallar (gʻishtlar) dan ishlanadi. Ish boʻshligʻi ikkita boʻlgan (ikki vannali) Marten pechi ham bor. Pech nazoratoʻlchash apparatlari bilan jihozlanadi. Ular pechning ishini nazorat qilib turishga hamda metall eritishning turli bosqichlarida issiqlik (tra) maromini birday tutib turishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: MARTEN PECHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MARTEN ISHLAB CHIQARISHI
FRANSIYA
DOMNA ISHLAB CHIQARISHI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты