KRAXMAL

KRAXMAL (nem. kraftmehl) — oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g. Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. Kraxmalni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tuguvagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida dovachalar shaklida tuplanadi. Kraxmal miqdori bugʻdoyda 75%, makkajuxorida 72%,guruchda 80%,kartoshkada 12 — 24% ga yetadi. Turli oʻsimliklardan olingan Kraxmal dovachalarining shakli va hajmi xar xil. Mas, kartoshka Kraxmal do-vachalari nisbatan yirik (kundalangi 25—100 mk), guruch K. dovachalari esa mayda (kundalangi 3—7 mk). Kraxmal dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barcha Kraxmallar ikki xil polisaxarid — amiloza vaamilopektindan iborat. Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va b. organik erituvchilarda erimaydi. Kislotalar taʼsirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, soʻngra toʻla gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar taʼsirida ancha tez gidrolizlanadi. Kraxmal gidrolizini katalizlovchi fermentlar amilazalar deb ataladi.

Odam va hayvonlar uchun oʻsimlik Kraxmali qimmatli oziq modda x. isoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va b. tarkibadagi Kraxmal bilan qoplanadi. Sanoatda Kraxmal, asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kartoshka Kraxmali (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv bilan ishlanadi. Hosil boʻlgan Kraxmal sutini tindirib yoki sentrifugalab Kraxmal ajratib olinadi. Kraxmal oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim i. ch. da Kraxmaldan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. Kraxmal va uning mahsulotlari toʻqimachilik, qogʻoz sanoatida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KRAXMAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
XITOY
Tushda osh ko`rsa nimani bildirishi haqida
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты