MASTAVA

MASTAVA (fors, most — qatiq va ob — suv) — suyuq taom. Aslida Mastava suzma, qatiqdan olingan zardobga guruch solib qaynatib tayyorlangan. Hozir Mastava sabzi, piyoz, guruch va b. masalliqlardan tayyorlanadi. Masalligʻi va tayyorlash usuliga koʻra, qaynatma Mastava, qovurma Mastava, olchali Mastava, qiymali Mastava, xoʻrda Mastava (guruch oʻrniga oqshoq solinadi) kabi turlari bor. M. ning asosiy turi qoʻy goʻshti qiymasidan qaynatma usulida tayyorlanadi: piyoz, murch aralashtirilgan qiymali kichik kiftalar yasaladi. Qozonda kertilgan goʻshtdan ajratilgan suyak qaynatiladi, pishgach, suyaklar suzib olinib, shoʻrvasiga guruch va dumaloklangan kiftalar solib mildiratib qaynatiladi. Piyoz, pomidor, kubik shaklida mayda qilib toʻgʻralgan sabzi, kartoshka yoki sholgom solsa ham boʻladi. Mastava kosalarga suziladi, kashnich va murch sepib dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq beriladi.

Ad.: Mahmudov K., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989.


Lotin alifbosida maqola: MASTAVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PALOV
SHOʻRVA
MOSHXOʻRDA
GOʻJA
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты