MASSHTAB (nem. Ma|3stab, map — oʻlchov va stab — tayoq) , miqyos — chizma, plan, aerofotosyomka yoki xaritadagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab sonli, chiziqli va koʻndalang boʻladi. Sonli Masshtab kasr yoki nisbat bilan beriladi. bunda xaritadagi 1 sm joyga 1000 sm tugri keladi, demakdir. Chizikli Masshtab sm larga boʻlingan chiziq bilan koʻrsatiladi. Bu chiziqda xaritadagi 1 sm ga joydagi necha m yoki km toʻgʻri kelishi koʻrsatib qoʻyilgan boʻladi. Plan va xaritada 2 nuqta orasidagi masofani aniq oʻlchash va oʻlchangan masofalarni xarita yoki planga tushirish uchun kundalang Masshtab ham ishlatiladi. Kundalang Masshtab baʼzi bir geodezik asboblarda va maxsus lineykalar bilan chizib berilishi mumkin. Geografik xaritalarda sonli Masshtab xaritadagi bir nuqtaga yoki birorta chiziqqa tegishli boʻladi, qolgan joylardagi uzunliklar xususiy Masshtab asosida aniqlanadi. Geografik xaritalardagi masofalar xususiy Masshtab b-n maxsus formula yordamida hisoblab chiqariladi.