KREDIT KARTOCHKASI

KREDIT KARTOCHKASI, kredit karta — plastik kartochka koʻrinishidagi shaxsiy (nomi yozilgan) toʻlov hisobkitob hujjati. Bank yoki kredit muassasasi tomonidan beriladi. Beriladigan kredit hajmi Kredit kartochkasi turiga bogʻliq (oddiy, oltin, korporativ Kredit kartochkasi lari). K. k. da pul egasining identifikatsiya raqami, familiyasi, joriy hisobvaragʻidagi summa koʻrsatiladi. Oʻz egasiga kompyuter qurilmalari bilan taʼminlagan chakana savdo (xizmat koʻrsatish) tarmoqlarida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar xarid qilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga koʻra, maxsus kompyuterlashtirilgan hisobkitob tizimi orqali xaridor Kredit kartochkasi dagi pul summasi uning hisob raqamidan olinib, tovar sotgan (xizmat koʻrsatgan) korxona x. isobiga oʻtkaziladi. Kredit kartochkasi muomaladagi vaqd pul miqdorini keskin kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Birinchi marta 1946-y. da Nyu-York milliy bankida qoʻllanilgan. Turli mamlakatlarda Amerika moliya-kredit guruhlarining (Viza, Master kard, Ameriken ekspress) Kredit kartochkasilari qoʻllaniladi. Yevrokard Kredit kartochkasilari ham bor. Oʻzbekistonda 1996-y. dan Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki dastlab «viza kard» K. k. chiqarishni tashqil qildi va Kredit kartochkasi lariga xizmat koʻrsata boshladi. 2000-y. lar boshida Oʻzbekistonning boshqa banklarida ham jahonning koʻpgiva rivojlangan mamlakatlaridagi banklar bilan Kredit kartochkasi orqali mijozlarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.


Lotin alifbosida maqola: KREDIT KARTOCHKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
BANKLAR
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты