MATEMATIK STATISTIKA

MATEMATIK STATISTIKA — statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, qayta ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadigan fan. Statistik maʼlumotlar deganda muayyan (mikdoriy) belgilarga ega boʻlgan majmualarning elementlari soni haqidagi maʼlumotlar tushuniladi. Biror majmua elementlarining mu-ayyan belgilari toʻgʻrisida shu haqdagi statistik maʼlumotlarga qarab u yoki bu xulosaga kelish usuli statistik usul deyiladi. Bu usul ilm-fanning juda koʻp sohalarida keng qoʻllaniladi. Statistik usulning turli sohalardagi tatbiqlarining umumiy xislatlari (biror guruhga kiruvchi elementlarni hisoblash, mikdoriy belgilarning taqsimotlarini topish, tanlamalar usulini qoʻllash, biror xulosaga kelish uchun zarur boʻlgan tajribalar sonini ehtimollar nazariyasidan foydalanib topish, mikdoriy belgilar orasidagi bogʻlanishlarni anikdash va h. k.), yaʼni urganilayotgan obyektlarning tabiati ahamiyatsiz boʻlgan masalalar Matematik statistikaning predmetini tashkil qiladi. Statistik usul koʻp hollarda ommaviy tasnifli hodisalarni oʻrganish usuli boʻlgani uchun ehtimollar nazariyasi bu usulning nazariy asosini tashkil qiladi. Matematik statistika bayoniy statistika, nomaʼlum parametrlarni baholash, statistik gipotezalarni tekshirish, mikdoriy belgilarning statistik bogʻlanishlarini anikdash va b. boʻlimlardan iborat.

Ad.: Vander-Vaarden B. L., Matematicheskaya statistika, per. s nem., M., 1960; Romanovskiy V. I., Matematicheskaya statistika, t. 1—2, T., 1961—63; Sirojiddinov S. H., Mamatov Matematik Statistika, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, T., 1980; Bocharov P. P., Pechinkin A. V., Teoriya veroyatnostey, Matematicheskaya statistika, Matematik statistika, 1998.

Tursun Azlarov.


Lotin alifbosida maqola: MATEMATIK STATISTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
STATISTIKA
TOSHKENT
KIMYO
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты