MATEMATIKA

MATEMATIKA (yun. mathematike, mathema — bilim, fan) — aniq mantiyey mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga «qisobkitob haqidagi fan» deb qaralganʻ (bugungi Matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qad. fan sohasi boʻlib, uzoq rivojlanish tari-xini bosib oʻtgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan savolga javob ham oʻzgarib, chuqurlashib borgan. Yunonistonda Matematika deganda geometriya tushunilgan. 9—13-a. larda Matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. 17—18-a. larda Matematikada analitik geometriya, differensial va integral hisob asosiy oʻrinni egallaganidan soʻng, to 20-a. boshlarigacha u «mikdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan» mazmunida taʼriflangan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida turli geometriyalar (Lobachevskiy geometriyasi, Proyektiv geometriya, Riman geo-metriyasi kabi), algebralar (Bul algebrasi, kvaternionlar algebrasi, Keli algebrasi kabi), cheksiz oʻlchovli fazolar kabi mazmunan juda xilma-xil, koʻpincha sunʼiy tabiatli obyektlar oʻrganila boshlanishi bilan Matematikaning yuqoridagi taʼrifi oʻta tor boʻlib qolgan. Bu davrda matematik mantiq va toʻplamlar nazariyasi asosida oʻziga xos mushohada uslubi hamda tili shakllanishi natijasida Matematikada eng asosiy xususiyat — qatʼiy mantiqiy mu-shohada, degan gʻoya vujudga keldi (J. Peano, G. Frege, B. Rassel, D. Xil-bert). 20-a. oʻrtalarida Burbaki taxallusi ostida Matematika taʼrifini qayta koʻrib chiqqan bir guruh fransuz matematiklari bu gʻoyani rivojlantirib, «Matematika — matematik strukturalar haqidagi fan» degan taʼrif kiritdi. Bu yondashuv av-valgi taʼriflarga koʻra kengroq va aniqroq boʻlsada, baribir cheklangan edi — strukturalar oʻrtasidagi munosabatlar (mas, matematika, kategoriyalar nazariyasi, algebraik topologiya), amaliy hamda tatbiqiy nazariyalar, xususan, fizika, texnika va ijtimoiy fanlarda matematik modellar bu taʼrif doirasiga sigʻavermas edi. Soʻnggi asrda xilma-xil matematik obyektlar orasida juda chuqur munosabatlar mavjudligi va aynan shunga asoslangan natijalar Matematikaning bundan buyongi taraqqiyotida asosiy oʻrinni egallashini koʻrsatmoqda. Elektron hisoblash vositalari bilan birga Matematika tatbiklarining kengayishi (biometriya, sotsiometriya, ekonometrika, psixometriya va b.), matematik usullar hayotining turli sohalariga jadal surʼatlar bilan kirib borayotgani ham Matematika pred-metini ixcham taʼrif bilan qamrab boʻlmaydigan darajada kengaytirib yubordi. Demak, Matematika aksiomatik nazariyalar va matematik modellarni, ular orasidagi munosabatlarni oʻrganadigan, xulosalari qatʼiy mantiqiy mu-shohadalar orqali asoslanadigan fandir.

Dastlab oddiy sanoq sonlar va ular ustidagi arifmetik amallardan boshlangan matematik bilimlar umuminsoniy taraqqiyot bilan birga kengayib va chuqurlashib borgan. Eng qad. yozma manbalardayoq (mas, matematik papirus lar) kayerlar ustida amallar va chiziqli tenglamalarni yechishga doyr misollar uchraydi. Sugʻorma dehqonchilik, meʼmorlikning rivojlanishi, astro-nomik kuzatuvlarning ahamiyati ortishi geometriyaga oid dalillar jamgʻarilishiga olib kelgan. Mas, Qad. Misrda tomonlari 3, 4 va 5 birlik boʻlgan uchburchak toʻgʻri burchakli bulishidan foydalanilgan. Bu davr M. sining oliy yutuqlarini muntazam toʻrtburchakli kesik piramida hajmini hisoblash qoidasi (hoz. yozuvda V — (a2 + ab + b2) L/3 formulaga mos keladi) va l= (16/9)2 taqribiy qiymatini misollarida koʻrish mumkin.

Yunonistonda geometrik xossalar faqat kuzatuv va tajriba yoʻli b-ngina topilmay, avvaldan maʼlum xossalardan keltirib chiqarilishi mumkinligi ham payqalgan hamda deduktiv isbot gʻoyasi rivojlantirilgan (Fales, Pifagor va b.). Bu gʻoyaning choʻqqisi Evklidning «Negizlar» asarida geo-metriyaning aksiomatik qurilishi boʻldi. Bu kitob M. ning keyingi rivojiga katta taʼsir qildi va 19-a. boshlarigacha mantiqiy bayonning mukammalligi boʻyicha namuna boʻlib keldi. Yunonlar M. ni geometriya b-n tenglashtirib, sanʼat darajasiga koʻtarganlar. Buning natijasida planimetriya va stereometriya ancha mukammal darajaga yetgan. Faqat 5 xil qavariq muntazam kupyoqlikning mavjudligi (Platon), kvadratning tomoni bilan diagonali umumiy oʻlchovga ega emasligi (Pifagor), nisbatlar nazariyasiga asoslangan son tushunchasi (Evdoks), qamrash usuli bilan egri chiziqli shakllar yuzi va yey uzunligini, jismlar hajmini hisoblash, Geron formulasi, konus kesimlari (Apolloniy, Pergayos), sterografik proyeksiya (Ptolemey), geometrik yasashlar va shu munosabat bilan turli egri chiziqlarning oʻrganilishi yunon geometriyasining taraqqiyot darajasi haqida tasavvur beradi. Yunon olimlari qoʻygan burchak triseksiyasi, kubni ikkilash, doyra kvadraturasi, muntazam koʻpburchak yasash masalalari 19-a. ga kelib oʻz yechimini topdi, mukammal va «doʻst» sonlar haqidagi muammolar esa hamon ochikligicha qolmoqda. Ayniqsa, Arximed tadqiqotlarida yunon Matematikasi oʻz davridan juda ilgarilab ketgan — u integral hisob, ogʻirlik markazi gʻoyalarini qoʻllagan. Yunon olimlari trigonometriyaga oid dastlabki maʼlumotlarga ham ega boʻlganlar (Gipparx, Ptolemey), Diofantning «Arifmetika» asarida sonlar nazariyasiga oid masalalar qaralgan.

Ayni paytda M. Qad. Xitoy va Hindistonda ham taraqqiy topdi. «Toʻqqiz kitobli matematika» nomli xitoy manbaida (mil. av. 2—1 a. lar) natural sonlardan kvadrat va kub ildiz chiqarish qoidalari berilgan. Keyinroq xitoy olimlari chiziqli tenglamalar sistemasi va chegirmalar nazariyasi bilan shu-gʻullanib, xususan, «qoldiqlar xakidagi xitoy teoremasi»ni topganlar. 5-a. da Szu Chun-chji k soni 3,1415926 b-n 3,1415927 oraligʻida boʻlishini koʻrsatgan.

Hindistonda Matematika Ariabhata (5-a.), Brahmagupta (7-a.), Bxaskara (12-a.) ishlarida rivojlantirilgan. Hind M. sining olamshumul yutugʻi oʻnli sanoq sistemasi va 0 raqamining ixtiro qilinishidir. Shuningdek, hind olimlari manfiy sonlar va irratsional ifodalar bilan tanish boʻlganlar, geometriyada muhim natijalarni qoʻlga kiritganlar.

Yunon, xitoy va hind Matematikasi birbiridan deyarli mustaqil holda mavjud boʻlgan. 3—4-a. larga kelib Yunonistonda fan inqirozga uchraydi, mavjud asarlar ham unutila boshlaydi. Yevropa sivilizatsiyasining bundan keyin to Uygʻonish davrigacha boʻlgan davri «zulmat asrlari» deb atalgan (A. Mes). 7-a. da islom dini tarqalishi va Arab xalifaligi vujudga kelishi bilan fan hamda madaniyat yuksalishi uchun yangi sharoit tugʻildi. Horun arrashid davrida xalifalik poytaxti Bagʻdod yirik shaharga aylanib, bu yerga turli mintaqalardan olimlar kela boshlaydi. Ular dastlab yunon, suryoniy va hind tilidagi asarlarni arabchaga oʻgirish bilan shugʻullangan. Xuroson va Mo-varounnahr voliysi etib tayinlangan Horun arrashidning oʻgʻli Maʼmunning ilmparvarligi tufayli Marvga oʻrtaosiyolik olimlar yigʻila boshlaydi. 813-yilda xalifalikka oʻtirgan Maʼmun Marvdagi olimlar toʻgaragini Bagʻdodga olib ketadi va mashhur «Bayt ul-hikmat» (Maʼmun akademiyasi)ga asos soladi. Bu ilmiy muassasaga Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarlik qilgani haqida maʼlumotlar saqlangan. «Bayt ul-hikmat»da, shuningdek, Axmad alFargʻoniy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Habash Hosib al-Marvaziy, Muso ibn Shokir oʻgʻillari kabi koʻplab oʻrtaosiyolik olimlar faoliyat koʻrsatgani bu oʻlkada arablar istilosiga qadar ham fan rivojlanganligi, xususan, yosh iktidorli olimlar chiqishi uchun qulay muhit mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.

9-a. dan fan tarixi «Musulmon renessansi» deb nomlangan yangi yuksalish davriga kiradi. «Bayt ul-xikmat»da Yunoniston, Hindiston, Xorazm va Xitoyda jamgarilgan bilimlar sintez qilinib, Matematika izchil rivojlantirila boshlandi. Xorazmiy tarqoq bilimlarni tartibga keltirib, algebraga asos soladi. Uning oʻnli sanoq sistemasi bayon qilingan asari tufayli bu qulay hisoblash vositasi dunyoga yoyildi. Asarlari oʻqimishli boʻlishi uchun Xorazmiy anik, va loʻnda bayon uslubini qoʻllagan. Shu tufayli uning asarlari keng tarqalgan. Xorazmiy uslubi yevropalik tarjimonlar tomonidan muallif nomi bilan algoritm deb atalgan.

Musulmon Sharqi olimlari geometriyani ham rivojlantirgan (Sobit ibn Qurra, Abulvafo, Umar Xayyom), tirgonometriyaga fan sifatida asos solganlar (Ibn al-Xaysam, Beruniy, Tusiy), xususan, Ahmad al-Fargʻoniy tomonidan Ptolemeyning stereografik proyeksiya haqidagi teoremasining isbotlanishi Bagʻdod akademiyasida geometriya chuqur oʻrganilganini koʻrsatdi. Arab tilida ijod qilgan matematiklarning uchinchi va toʻrtinchi darajali tenglamalarni geometrik usulda yechish yoʻllari keyinchalik analitik geometriya yaratilishiga turtki boʻlgan.

Matematika rivojlanishida Xorazm Maʼmun akademiyasi (Ibn Iroq, Beruniy) ham muhim rol oʻynagan. Sharq M. si rivojining choʻqqisi esa Samarqand ilmiy maktabi davriga toʻgʻri keladi. Ulugʻbek va uning rahbarligidagi olimlar (Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, Miram Chalabiy, Husayn Birjaniy va b.) ulkan rasadxona qurish, yulduzlar koordinatalari va sayyoralar harakatini katta anikdikda kuzatish ishlari bilan birga kuzatuv natijalari buyicha yoritqichlarning sferik koordinatalarini hisoblash usullarini, interpolyatsiya formulalari, keyinchalik Gorner sxemasi deb atalgan usulni hamda ketma-ket yaqinlashishlar usulini ishlab chiqadilar. Ulugʻbekning «Ziji jadidi Koʻragoniy» asaridan oʻta aniqlikdagi trigonometrik funk-siyalar jadvallari ham oʻrin olgan.

Ulkan hajmdagi hisoblash ishlarini bajarish uchun Ulugʻbek rasadxonasi qoshida maxsus guruh — oʻziga xos hisoblash markazi tuzilgan. Bunda mas, x = sin G ni aniqlash uchun avval geometrik usul bilan sin 3° hisoblangan, soʻngra sin3a = 3sinacos2a — sin3a formula asosida x3-45xf0,785039343364006=0 tenglama tuzilib, sin G= 0,0174524066437283571qiymati topilgan. Koshiy aylanaga muntazam 3-228 burchak chizish yoʻli bilan j sonini verguldan soʻng 17 xona aniklikda hisoblagan.

16-a. dan Sharkda fan inqiroz sari yuz tutdi. Islom dunyosi olimlarining asarlari 10—12-a. lardan Yevropagatarqalib, tarjima qilina boshlangan va Matematikaning 16-a. dan jadal rivojlanish yoʻliga kirishi uchun zamin hozirlagan. Jumladan, al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy asarlari Ispaniya va Italiya orqali, Ulugʻbekning «Ziji jadidi Koʻragoniy» asari Istanbul orqali Yevropaga kirib borgan. Bu asarlar taʼsirida Italiyada Matematikaga qiziqish kuchaydi (L. Fibonachchi, L. Pacholi, N. Tartalya). Arifmetik amallar qatoridan daraja, ildiz va logarifm oʻrin egallaydi. Uchinchi va turtinchi darajali tenglamalarning ildizlari haqiqiy boʻlsada, manfiy sondan kvadrat ildiz vositasidagina yechish mumkinligi kompleks sonlarga ehtiyoj tugʻdiradi.

17-a. dan Matematika tarixiningJ. Vallis, I. Kepler, R. Dekart, B. Kavalyeri, P. Ferma, F. Viyet va B. Paskal nomlari bilan bogʻliq yangi davri boshlanadi. Matematik belgilashlar keng joriy etiladi. Bu, oʻz navbatida, Matematika rivojiga ijobiy taʼsir etadi, analitik geometriya, proyektiv geometriya, ehtimollar nazariyasi va sonlar nazariyasiga asos soladi. Birin-ketin ochila boshlagan un-tlarda Matematika asosiy predmetga aylanadi.

Bu davrda fransuz olimi M. Mersenn orqali dunyo olimlari oʻrtasida olib borilgan oʻzaro yozishmalar tufayli dastlabki xalqaro matematiklar jamoasi vujudga keldi, ular oʻrtasida ilmiy musobaqa muhiti kuchaydi, natijada yangi obyektlar (chiziqlar va tenglamalar) tadqiqotga tortildi, ekstremum topish, urinma yasash, yuzlarni hisoblash, kombinatorikaga oid yangi masalalar qoʻyish rayem boʻldi, funksiyalar, yaʼni oʻzgarishi bir-biri bilan bogʻliq kattaliklar bilan ishlashga toʻgʻri kela boshladi. Bunday masalalarni yechishda elementar usullar yetishmagani uchun cheksiz marta takrorlanadigan amallarga murojaat eta boshladilar. B. Kavalyeri aylanma jismlar hajmini hisoblashda b«oʻlinmaslar usuli»ni qoʻlladi, F. Viyet ayniyatni, J. Vallis 12.32.52.72,. tenglikni, N. Merkator formulani topdi. I. Barrou egri chiziqli t-rapetsiya yuzi bilan urinmaning oʻzgarishi orasidagi munosabatni payqadi. 17-a. oxirida bu yoʻnalishdagi izlanishlar differensial va integral hisob yaratilishiga olib keladi. G. Leybnis yangi hisobga «cheksiz kichik» kattaliklar tushunchasini asos kilib oldi — bunday kattaliklar oʻz holicha aniq maʼnoga ega boʻlmasada, ularning nisbatlari va cheksiz yigʻindilari tayin qiymatlarga teng chiqar edi. Leybnis bu usul bilan geometriyaning avvaldan yechilmay kelgan koʻplab muammolarini hal etish mumkinligini koʻrsatdi (1782—86 yy.).

I. Nyuton differensial va integral hisob gʻoyasiga boshqa tomondan — mexanika masalalari orqali yondaщdi. Bu yerda ham ahvol geometriyaga oʻxshash edi: tekis harakatlarni oʻrgangan G. Galiley uchun elementar geometriya ki-foya qilgan boʻlsa, murakkabroq harakatlar murakkabroq chiziqlarni tekshirishni talab etar edi. I. Nyuton 1669-y. da bu mavzudagi tadqiqotlari jamlangan «Flyuksiyalar metodi» nomli asarini I. Barrou va J. Kollinzga taqdim etgan, lekin u 1736-y. da nashr etilgan.

18-a. da Matematika taraqqiyoti, asosan, differensial va integral hisobni rivojlantirish hamda tatbiq etish bilan bogʻliq boʻldi. Bernullilar oilasi, Eyler, Dʻalamber, Lagranj, Lejandr va Laplas kabi koʻplab atoqli olimlar yangi sohani atroflicha rivojlantirib, matematik analiz nomi bilan kuchli tadqiqot quroliga aylantirdilar. Uning asosida differensial tenglamalar, variatsion hisob va differensial geometriya kabi mustaqil sohalar vujudga keldi.

Bu davrda Parij, Berlin, Peterburg akademiyalari va Kembrij unti yirik fan markazlariga aylangani, dastlabki ilmiy jur. lar nashr etila boshlagani Matematika taraqqiyotini jadallashtirdi. Proyektiv geometriya, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra va sonlar nazariyasi rivoj topdi, kompleks sonlar keng qoʻllanib, kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar oʻrganila boshladi.

19-a. da ham Matematikaning rivoji asosan 2 yoʻnalishda: ham boʻyiga, ham ildizi tomon oʻsishda davom etdi. Bu davrda Matematikaning hozir un-tlar quyi kurslarining dasturini tashkil etadigan sohalari: matematik analiz, analitik geometriya va chiziqli algebra, differensial tenglamalar, haqiqiy hamda kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyalari asosan shakllanib boʻldi va ular asosida mutlaqo yangi gʻoyalar kun tartibiga chiqa boshladi.

K. F. Gauss ldarajali koʻphad kompleks sonlar maydonida p ta chiziqli koʻpaytuvchiga ajralishini (algebraning asosiy teoremasini) bekamu kust isbotladi. Bir necha asr davomida 5darajali tenglamani yechish masalasi matematiklarni bezovta qilib kelgan edi. P. Ruffini va N. Abel bu tenglama ildizini uning koeffitsiyentlari orqali toʻrt arifmetik amal hamda ildiz chiqarish orqali ifodalash mumkin emasligini asosladilar. E. Galua esa Lagranj, Lejandr gʻoyalarini davom ettirib, algebraik tenglama ana shu maʼnoda yechilishechilmasligi masalasi iLdizlarining simmetrik funksiyalari tenglamaning koeffitsiyentlari orqali ifodalanishiga bogʻliq boʻlishini koʻrsatdi. Bu yerda Galua birinchi marta simmetriyaning oʻlchovi vazifasini bajaradigan gruppa tushunchasini qoʻlladi. Bundan avvalroq shunga yaqin gʻoya asosida Gauss sirkul va chizgʻich yordamida muntazam koʻpburchak yasash muammosini hal qilgan edi. Galua gʻoyalaridan hosil boʻlgan maydonlar nazariyasi bunday yasashlar masalasini umumiy holda hal qilish im-konini berdi.

Gauss va Galua gʻoyalari taʼsirida avval mustaqil rivojlangan sohalarning bir-biriga aralashuvi boshlandi: kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar differensial tenglamalar va sonlar nazariyasiga, algebra — sonlar nazariyasi va kristallografiyaga tatbiq etildi. Ayniqsa, Kleyn har bir almashtirishlar guruppasiga alohida geometriya mos kelishi asoslangan, fan tarixiga «Erlangen dasturi» nomi bilan kirgan maʼruzasidan soʻng matematik krnuniyatlarning tagida yotuvchi tub tamoyillar ochila boshladi.

Ayni paytda Matematikaning «ildizlari» ham oʻsdi. Evklid zamonidan rayem boʻlib kelgan tasdiqlarni qatʼiy isbotlash prinsipi ortga chekindi. Differensial va integral hisobni asoslamay qoʻllash, ayniqsa, cheksiz amallar bilan erkin muomala qilish paradokslar, anglashilmovchiliklar keltirib chiqardi. Mac, I — I + 1 — 1 + 1 —… yigʻindining qiymati amallarni bajarish tartibiga qarab 0, 1 yoki S ga tengchiqar, log ( — I)2 = logl2 tenglikka log a» = nloga formulani qoʻllab boʻlmas edi va h. k. Uzoq vaqt «differensial», «cheksiz kichik» tushunchalari taʼrifeiz qoʻllanilib kelindi, «funksiya», «uzluksiz» deganda nimani tushunish lozimligi ham munozaraga sabab boʻldi.

10-a. boshida O. Koshining differensial va integral hisob limit hamda uzluksiz tushunchasi asosida bayon etilgan dareligi bu vaziyatga ancha oydinlik kiritdi. Lekin uzluksiz funk-siyaning integrali mavjudligini is-botlashda bu tushunchalar kamlik qildi. Kemtikni toʻldirish yoʻlidagi urinishlar K. Veyershtrassni «haqiqiy son nima?» — degan savolga olib keldi. Ayni paytda Evklidning mashhur beshinchi postulatini isbotlash uchun ming yillik samarasiz urinishlar noevklid geometriya ixtiro qilinishi bilan yakunlandi. Bu esa geometriya asoslarini chuqur taftish qilishni talab eta boshladi.

19-a. oxiriga kelib matematika asoslarini mustahkamlash boʻyicha katta qadamlar qoʻyildi: haqiqiy sonlar nazariyasi tugallandi (Veyershtrass, Dedekind), matematik mantiq shakllandi (Peano, Frege), funksiyalar nazariyasi yaratildi (Riman, Lebeg, Fubini, Stiltyes), geometriyaning aksiomalar sistemasi takomilga yetkazildi (Hilbert), toʻplam tushunchasining ahamiyati anglandi, bu tushuncha asosida geometriya kabi butun matematikani ham qatʼiy aksiomalar asosiga qurishga ishonch paydo boʻldi.

19-a. oxiri — 20-a. boshlari Matematika tari-xida misli koʻrilmagan yuksalish yillari boʻldi. 1893-y. da Chikagoda Amerika qitʼasi ochilishining 400-yilligi munosabati bilan keng xalqaro miqyosda Matematika kongressi oʻtkazildi. Kongressda dunyo matematiklari muntazam uchrashib, eng yangi natijalar haqida maʼruzalar qilib turishlari zarurati eʼtirof etildi. Dastlabki rasmiy xalqaro Matematika kongresslari 1897-y. da Syurixda va 1900-y. da Parijda oʻtkazildi. Syurix kongressida A. Puankarening gʻoyalari yetakchi mavzuni tashkil etgan boʻlsa, Parij kongressida esa D. Hil-bert oʻzining mashhur 23 muammosini bayon etdi. Puankare gʻoyalari va Hil-bert konsepsiyasi Matematikaning 20-a. davomidagi taraqqiyotiga juda unumdor taʼsir koʻrsatdi.

Ammo Matematika asoslariga chuqurroq kirishilgani sayin muammolar ham oʻtkirlashib bordi — 20-a. ning boshlari Matematika tarixidagi eng chuqur inqirozga toʻqnash keldi — M. ning asoslarida chuqur ziddiyatlar ochila boshladi (Burali — Forti, Rassel, Rishar, Grelling paradokslari). Ularni yengib oʻtish yoʻlidagi urinishlar natijasida toʻplamlar nazariyasining aksiomatik nazariyasi yaratildi (Sermelo, Frenkel, Bernays, J. Fon Neyman) va «Matematika binosi yaxlit mukammal loyiha asosiga qurilgani» haqidagi Hilbert tasavvuri qayta tiklandi.

20-a. ning 1-choragida Matematikada qatʼiy isbot gʻoyasi batamom shakllandi. Shu asosda N. Burbaki butun Matematikaning asosiy qismini yagona usul — natijalarni eng umumlashgan tarzda bayon qilish maqsadida «Matematika elementlari» nomli koʻp jildli monografiyani chop etishga kirishdi. Burbaki targʻib qilgan uslub M. ning ayrim (abstrakt) sohalari rivojiga katta turtki berdi. Bir kator davlatlarda (jumladan, sobiq Ittifokda) Matematikani oʻqitish «burbakizm» uslubida isloh qilina boshladi, lekin muvaffaqiyatsiz chiqqan bu tajriba Matematika taʼlimida hozirgacha yengib oʻtilmagan muammolarni keltirib chiqardi.

20-a. oʻrtalaridan Matematika ikki yoʻnalishda rivojlana bordi: bir tomondan, ilmiytexnik taraqqiyot ehtiyoji bilan differensial tenglamalar, matematik fizika, chekli Matematika, ehtimollar nazariyasi, hisoblash Matematikasi klassik sohalar kengayib, oʻta tarmoqlashib ketdi, ikkinchi tomondan, Matematikaning ichkm rivojlanish qonunlaridan kelib chiqqan masalalar birinchi oʻrinda turuvchi, tatbiq doirasi juda tor, oʻta abstrakt sohalar (umumiy algebra, differensial va algebraik geometriya, topologiya, funksional analiz kabi) sohalar xilma-xil yoʻnalishlarni vujudga keltirdi. Rivojlangan mamlakatlarda shakllangan yirik ilmiy maktablar tor sohalar boʻyicha yoʻnalishlarga boʻlina boshladi. 20-a. gacha Matematika aloxida olimlarning mashgʻulot obyekti boʻlib kelgan boʻlsa, soʻnggi yuz yilda jamoaviy faoliyat tabiatini kasb eta boshladi. Ilmiy jur. lar, risolalar, ilmiy toʻplamlar, maqolalar soni geometrik progressiya boʻyicha oʻsa boshladi. Bu esa, oʻz navbatida, Matematika taraqqiyotida yana bir muammo — turli yoʻnalishlar oʻrtasida aloqalarning susayishi, bayon uslubining ogʻirlashib ketishi, isbotlarning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishni hamda natijalarning toʻgʻriligi yo notoʻgʻriligiga ishonch hosil qilishni murakkablashtirdi, mavzularning gʻoyat maydalashib ketishiga olib keldi. Yaxlit «matematik» kasbi «algebraist», «geometr», «topolog», «ehtimolchi» va «funksionalchi» kabi oʻnlab ixtisoslarga, ularning har biri ham bir-birini deyarli tushunmaydigan yuzlab tor shoxobcha mutaxassislariga boʻlinib keta boshladi. Bu hodisani M. Klayn «Matematikaning yangi inqirozi» deb baholadi.

Garchi bu tabiatan tashkiliy inqiroz hali toʻliq yengib oʻtilmagan boʻlsada, 20-a. nihoyasida Matematikada yangi koʻtarilish yuz berdi, xususan, Fermaning katta teoremasi isbotlandi (E. Uayls), M. ning bir-biridan yiroq sohalari oʻrtasida chuqur aloqalar ochila boshladi. Matematika sohasida taʼsis etilgan xalqaro Filds medaliga sazovor boʻlgan ishlarning koʻpchiligi Matematikaning bir-biridan mustaqil uch-toʻrt sohasiga oid tushuncha va usullar qoʻllanib olingan natijalar ekani «Matematika — yaxlit fan» degan konsepsiyaga qaytadan jon bagʻishladi. AQSH lik matematik D. Knut tomonidan universal Tex matn muharriri ishlab chiqilishi va elektron aloqa vujudga kelishi 21-a. da Matematika rivojlanishi uchun yangi ufklarni ochib bermoqda. Bugun P. Dirakning quyidagi ramziy taʼrifi yana ham oʻrinliroq: «Matematika bu — istalgan tabiatli abstrakt tu-shunchalar bilan ishlash uchun maxsus moslashgan quroldir. Bu borada uning qudratiga cheku chegara yoʻq».

Oʻrta asrlarda hoz. Oʻzbekiston hududi va uning atrofidagi mintaqada yuksalishga erishgan Matematika fani taraqqi-yoti 16-a. dan toʻxtab qoldi. 20-a. ning 2-choragidan bu sohada yangi yuksalish davri boshlandi. 1918-y. da tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi birinchi un-t (hoz. Oʻzbekiston milliy universiteti) da V. I. Romanovskiy M. professori boʻldi. Sharqona milliy qadriyatlarni chuqur hurmat qilgan, oʻzbek tilini oʻrgangan prof. iqtidorli yoshlardan professional matematiklar yetishtirishga kirishdi va Toshkent ehtimollar nazariyasi va matematik statistika maktabiga asos soldi. Bu maktabdan T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov, T. Azlarov, Sh. Farmonov kabi yuzdan ortiq mutaxassislar yetishib chikdi. Xalqaro Bernulli jamiyatining I kongressi Toshkentda oʻtkazilgani (1986-y.) bu sohada Oʻzbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlarning xalqaro miqyosda tan olinishi natijasidir.

20-a. 50-y. laridan boshlab respublika M. ning boshqa sohalari boʻyicha ham ilmiy maktablar vujudga keldi. T. A. Sarimsokrv funksional analiz sohasida, I. S. Arjanix, M. S. Salohiddi-nov va T. J. Joʻrayev — matematik fizika tenglamalari nazariyasi, I. S. Kukles — oddiy differensial tenglamalar nazariyasi, T. N. Qori-Niyoziy, S. H. Sirojiddinov, G. P. Matviyevskaya — matematika tarixi, V. Q. Qobulov, F. B. Abutaliyev , N. A. Bondarenko, T. Boʻriyev, A. F. Lavrik hisoblash Matematikasi va sonlar nazariyasi yoʻnalishlariga asos soldilar. 20-a. ning soʻnggi choragida optimal boshqaruv nazariyasi (N. Yu. Sotimov), invariantlar nazariyasi (J. Hojiyev), matematik fizikaning funksional usullari (Sh. O. Alimov), operator algebralari va kvant fizikasining matematik usullari (Sh. A. Ayupov) kup kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi (A. S. Sadullayev) kabi eng zamonaviy sohalarida tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, Oʻzbekiston matematiklari Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kiyev, Yekaterinburgdagi ilmiy markazlar bilan anʼanaviy aloqalaridan tashqari yangi imkoniyatlarga ega boʻldilar. Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH ilmiy markazlarida oʻzbekistonlik matematiklar asarlari muntazam chop etila boshladi.

1999-y. da Oʻzbekiston matematiklari jamiyati tashkil etildi (raisi — T. J. Joʻrayev), 1991-y. dan «Oʻzbek matematika jurnali — Uzbekskiy matematicheskiy jurnal», 2001-y. dan oʻquvchilar uchun «Matematika, fizika va informatika» jur. nashr etila boshladi. Bugungi kunda (2001-y.) res-publikada 70 dan ortiq fan d-ri, 300 dan ortiq fan nomzodi faoliyat koʻrsatmoqda.

Ad.: Varden V., Probujdayuщayasya nauka, Matematika, 1959; Istoriya matematiki (v 3 tomax), M, 1970—72; Matviyevskaya G. P., Ucheniye o chisle na srednevekovom Vostoke, T., 1967; Burbaki N., Ocherki po istorii matematiki, Matematika, 1963.

Metodologiyasi: Puankare A., O nauke, Matematika, 1990; Klayn Matematika, Matematika. Utrata opredelyonnosti, Matematika, 1984; Klayn Matematika, Matematika. Poisk istinы, Matematika, 1988; Matematicheskoye modelirovaniye, Matematika, 1979; M. tarixi, toʻplamlar, T. 2000; Froydental G., Matematika kak pedagogicheskaya zadacha, Chasti 1 i 2, M., 1982-83.

Abdulla Aʼzamov.


Lotin alifbosida maqola: MATEMATIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALGEBRA
TOSHKENT
LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI
ROSSIYA
PROYEKTIV GEOMETRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты