KREMNIY VODORODLAR

KREMNIY VODORODLAR, silanlar — kremniyiint vodorodli birikmalari. Umumiy formulasi SinH2n+2 Mac, SiH4, Si2H6, Si3H8, Si4H10 va h. k. Si—Si bogʻlanish S—S bogʻlanishga nisbatan juda kuchsiz boʻlganligi sababli kremniy atomlari uglerod atomlari singari uzun zanjirlar hosil qilmaydi. Silanlar fizik xossalariga koʻra uglevodlarga oʻxshash, lekin havo va suvda beqaror moddalardir. Ularni metall silitsidlarga mineral kislotalar taʼsir ettirish yoʻli bilan olish mumkin. Mas, monosilan SH4 magniy silitsidga xlorid kislota taʼsir etishidan hosil boʻladi: Mg2Si + 4HC1 = SiH4 + + 2MgCl2. Monosilan suv bilan quyidagi reaksiyaga kirishadi: SiH4+2H2O-> — >SiO2 +4H2T. Havo kislorodi taʼsirida u oʻz-oʻzidan yonib ketadi: SiH4+2O2—» – >SiO2+2H2O. Silanlar kuchli qaytaruvchi moddalar .


Lotin alifbosida maqola: KREMNIY VODORODLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
КРЕМНИЙ ВОДОРОДЛАР
UGLEROD
KISLOTA VA ASOSLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты