MATPANOBOY MADRASASI

MATPANOBOY MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1905). Xivalik boy Matpanoboy mablagʻiga qurilgan. Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Koʻchim qatnashgan. Madrasa toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (25,45X24,5 m), bosh tarzi peshtoqli (bal. 9 m), 3 gumbazli miyonsaroy, darsxona va masjiddan iborat. 2 yon qanoti burchaklariga guldasta ishlangan. Miyonsaroy 3 qismga ajratilgan, biridan ikkinchisiga ravoklar orqali oʻtiladi. Hovli (19,5x S,6 m) atrofidagi hujralar oldi qator ravoqli, ayvonli. Matpanoboy madrasasi pishik gʻishtdan qurilgan, bezaksiz, faqat yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshigi va miyonsaroydagi ganchkori panjara oʻziga xos bezagi bilan ajralib turadi. 1977-y. da boщ tarzi oldi devor b-n oʻralib, kichik hovdi tiklangan.

Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.


Lotin alifbosida maqola: MATPANOBOY MADRASASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MADRASA
TOSHKENT
XALQ IJODI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOLIB MAXSUM MADRASASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты